So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  8 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Karlush Keyrush O'zbekiston terma jamoasiga omad tiladi Yangiliklar

Karlush Keyrush O'zbekiston terma jamoasiga omad tiladi

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o'rin olgan Eron – O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin Karlush Keyrush o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yin oson kechdi deb ayta olmayman. Raqib ko'p vaziyatlarda bizga qiyinchilik tug'dirdi. Ammo tartibli o'yin ko'rsatib, o'z maqsadimizga erishdik. Bu kunga qadar erishilgan natijalarning barchasi og'ir mehnat samarasidir. Bugun futbolchilarimni JCHga yo'l olgani bilan tabriklamoqchiman. Ular barcha o'yinda ajoyib o'ynadi va har biri mundialda ishtirok etish uchun haqli.

Saralash bosqichi davomida bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Ularning daldasi bizning muvaffaqiyatga hissa qo'shdi. Saralash bosqichi mobaynida yuzaga kelgan bir qator muammolarga qaramay, biz barchasini engib o'tdik va bizga shuhba qilganlarga kim aslida kim ekanini isbotladik.

Bugun g'alabani nishonlaydigan kun. Ertagayoq Rossiyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishni istardik. Biroq, bu ishda bizga to'sqinlik va  boykott qilmoqchi bo'lganlar bor. JCHga tayyorgarlik qanday amalga oshishini ulardan so'rang. Men, murabbiylar shtabi yoki futbolchilardan so'ramang.

Janubiy Koreya va Suriyaga qarshi o'yinlarda ham ijobiy natijani qayd etishni maqsad qilganmiz. Bugungi raqib haqida yana to'xtaladigan bo'lsam, O'zbekiston kuchli jamoa va ularga saralashning qolgan o'yinlarida omad tilayman. ”, – dedi Karlush Keyrush.

Malumot uchun, 8-turdagi g'alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo'llanma oldi. O'zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o'rinda bormoqda. 


Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика