So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Karlush Keyrush: "Sekin-sekin O'zbekistonning o'yini kuchayib borishiga shubha yo'q" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Sekin-sekin O'zbekistonning o'yini kuchayib borishiga shubha yo'q"

O'zbekiston - Eron (0:1) o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Karlush Keyrush qatnashdi.

"Bugun juda ham chiroyli o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Bugungi o'rtoqlik uchrashuvi juda yaxshi o'tdi deb ayta olaman.  

Bugungi o'yindagi natija muhim emas edi. SHunga qaramay o'yin juda ham qiziqarli bo'ldi. Bu o'yin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. O'zbekiston doim Eron bilan yaxshi o'yin ko'rsatib keladi. Masalan, Jahon chempionatidan oldin O'zbekiston Tehronga kelib o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi", - deydi Keyrush.



- Sizning qo'l ostingizda Eron terma jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Kelajagingiz haqida nima deya olasiz?
- Osiyo Kubogida chempion bo'lish juda og'ir. Sababi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va O'zbekiston ham buni istaydi. Ammo chempion juda qiyin. Kelajagim haqida gapiradigan bo'lsam hozircha shartnomaga qo'l qo'yganim yo'q va kutayapman. Bu bizning ichki ishimiz hisoblanadi.


- Siz anchadan buyon Eronda ishlayapsiz. Qosimov, Abramov, Babayan, Kapadze va bugun Kuper jamoasini mag'lub etdingiz. Qaysi o'yinda O'zbekiston kuchliroq o'ynaganini aytib bera olasizmi? 

- Ektor Kuper bir oy oldi terma jamoani qabul qilib oldi. Siz bosh murabbiyga ishonishingiz kerak. Bugun ham jamoaingiz yaxshi o'ynadi, sekin-sekin O'zbekistonning o'yini kuchayib borishiga shubha yo'q. 


- O'yin davomida siz asosan qarshi hujumda gol urish va shu natijani saqlab qolishga harakat qildingizmi?

- Bugungi o'yin shunchaki tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Jahon chempionatidan oldin bizning taktikamiz boshqacha edi, endi taktika o'zgardi. Sababi Jahon chempionati va Osiyo kubogi boshqa-boshqa musobaqalar. Bugun ko'plab yosh futbolchilarga imkon berdik. CHiziqlar o'rtasidagi bog'liqliklarni tekshirib ko'rdik. 


- May oyida Tehronda O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edinglar. O'sha o'yin bilan bugungi o'yin o'rtasida qanday farqni sezdingiz? 

- Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida bir nima deyishim mumkin. O'zbekiston terma jamoasi safida kuchli futbolchilar ko'p. Janubiy Koreyadagi Son Xon Min, bizdagi Sardor Azmun va O'zbekistondagi Odil Ahmedov Osiyoning top futbolchilari hisoblanadi.



 


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика