Karlush Keyrush: "Har bir o'yinda bitta gol urib yutsak baxtli bo'laman"
15 noy 2016 11:14
Yangiliklar


Karlush Keyrush: "Har bir o'yinda bitta gol urib yutsak baxtli bo'laman"
JCH-2018 saralashi doirasidagi Suriya - Eron uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida eronliklar ustozi Karlush Keyrush o'z fikrlarini bildirdi.
"Taktik tomonlama Malayziyaga kelib o'yin o'tkazish oson emas. Ammo Suriyani mag'lub etish uchun keldik. Hozirga qadar 4ta o'yinda 10 ochko jamg'ardik, bu yaxshi start. Bu o'yinlarda 4ta gol urdik, u qadar ideal natija emas. Raqiblarimiz kuchli bo'lgani uchun kam gol urdik".
"Agar har bir o'yinda bitta gol urib g'alaba qozonsak baxtli bo'laman. Bu bosqichdagi har o'yin juda qiyin o'tmoqda, murabbiylar uchun qo'shimcha masuliyat. Suriya bizga qarshi doim kuchli o'ynaydi. Eron har bir jamoaga kuchli raqib hisoblanadi", - deydi Karlush Keyrush OFK rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
00:17
JCH-2026 saralashi. Eron Shimoliy Koreyani yirik hisobda engib, guruhni peshqadam sifatida yakunladi 24

Fikrlar