So’nggi yangiliklar

08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  1 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  2 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1

Karlush Keyrush: "Eronning yo'qotadigan narsasi yo'q" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Eronning yo'qotadigan narsasi yo'q"

Bugun JCH-2018 guruh bosqichi 2-tur bahslari start oladi. Eron terma jamoasi guruhdan chiqish masalasini hal qilish uchun Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Forslar ustozi Karlush Keyrush o'yindan oldingi matbuot anjumanida Eronning yo'qotadigan hech narsasi yo'qligini aytib o'tdi.

"Agar biz ijobiy natijaga erishsak, bu haqiqiy sensaciya bo'ladi. CHunki Portugaliya juda kuchli va ular Evropaning amaldagi chempioni. Qolaversa, Portugaliya ushbu jahon chempionatida favoritlardan biri sifatida qaralmoqda. Portugaliya hozircha jahon chempioni bo'lmagan, ammo ko'pincha nomzodlar qatorida etirof etilgan".

"Terma jamoa bosh murabbiyi Fernandu Santush ham yaxshi ish olib boryapti. Tarkibida kuchli futbolchilar ko'p. Bu biz uchun nihoyatda qiyin bahs bo'ladi. Ammo men ham o'z jamoamga ishonaman. Raqibga durang kifoya qiladi, bizga esa faqat g'alaba kerak. SHundagina Eron tarixda birinchi marta guruhdan chiqadi".

"Mana ko'rasiz, biz 90 daqiqa kurashamiz. Yo'qotadigan hech narsamiz yo'q. Ha, Portugaliya - mening Vatanim, lekin bu futbol va men qaysi jamoani boshqarib kimga qarshi o'ynamay doim g'alabani o'ylayman", - deya aytib o'tdi Karlush Keyrush.

Ha, bugun Keyrush o'z jamoasini o'zining Vatani termasiga qarshi boshlab tushadi. Lekin bu jahon chempionatlari tarixida birinchi marta ro'y berayotgani yo'q.

- Eron - Portugaliya uchrashuvi JCHlar tarixida murabbiy boshqa jamoani o'z Vataniga qarshi o'ynatadigan 20-uchrashuv bo'ladi. Birinchisi 1938 yil Franciyada o'tkazilgan mundialda ro'y bergandi. Bunda vengriyalik murabbiy Nagi SHveciya termasi ustozi sifatida Vengriyaga 1:5 hisobida yutqazgan.

- Oxirgisi esa 2014 yilgi JCHda yuz bergan. Yurgen Klinsmann boshchiligidagi AQSH terma jamoasi Germaniyaga qarshi o'ynab 0:1 hisobida yutqazgan.

- SHveciyalik murabbiy Sven Goran Eriksson esa ikki bor (2002, 2006 yillarda) Angliya terma jamoasi bilan o'z yurtdoshlariga qarshi o'ynagan.

- Hozircha faqat besh nafar murabbiygina o'z Vatani terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinlarda g'alaba qozongan. Eng katta shov-shuv franciyalik Bruno Metsyuga tegishli. JCH-2002da Senegal Franciyani 1:0 hisobida mag'lub etgani esingizdami? Ana o'shanda senegalliklar ustozi Metsyu edi.

- SHu paytgacha bo'lib o'tgan bunday darajadagi 19ta o'yindan 11tasida ikkinchi jamoa murabbiylari yutqazgan. Masalan, 2006 yilgi JCHda Ziko boshchiligidagi yaponlar Braziliyaga 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan.

- Mana endi bugun Eron - Portugaliya bahsi 20-to'qnashuv bo'ladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика