So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  0 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  10 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  3 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

Karlush Keyrush: "Eronlik futbolchilarga mukofot puli vada qilinmagan" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Eronlik futbolchilarga mukofot puli vada qilinmagan"

JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Eron (0:0) bahsidan so'ng Karlush Keyrush eronlik futbolchilar mukofot pulisiz o'ynayotganini aytib o'tdi.

Portugaliyalik murabbiy OFK rasmiy saytiga intervyu berar ekan, shunday dedi: 

- "O'yin juda qiyin o'tdi. Buni katta o'yin deyish mumkinmi bilmadim-u, lekin keskin jang kechdi. Biz mag'lubiyatsiz seriya davom etgani haqida o'ylayotganimiz yo'q, shunchaki o'yindan o'yinga yaxshi harakat qilishni xohlaymiz. Biz Koreyaga qarshi ham himoyada, ham hujumda bir tekis o'yin ko'rsatdik". 

Eron terma jamoasi portugaliyalik murabbiy qo'l ostida so'nggi olti yarim yilda katta o'zgarishlarga erishdi. Terma jamoa hatto FIFA reytingida Osiyo jamoalari orasida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Eron garchi muddatdan avval jahon chempionatiga chiqqan bo'lsa-da, Keyrush buning uchun futbolchilarga hali hech nima berilmaganini malum qildi: 

- "Eronda futbolchilar tarix uchun kurashishyapti. Ular o'z darajalarini butun olamga tanitmoqchi. Dunyo etibori biz qayd etayotgan natijalarga ozgina bo'lsa ham qaratilsa bundan mamnun bo'lardim. Eronlik futbolchilarga hech qanaqa mukofot puli vada qilinmagan. Ular shusiz ham zo'r o'ynashmoqda. Men bunday futbolchilarni kam ko'rganman".


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика