Karlos Ximenes: "Darajani ushlab qolish qiyin bo'ldi"
12 noy 2022 21:12
Yangiliklar
Karlos Ximenes: "Darajani ushlab qolish qiyin bo'ldi"
- O'yin juda qiyin o'tdi. CHunki asosiy tarkibga U-21 jamoasidan to'rt futbolchini ham jalb qildik. Yana uch nafar yoshlarni zaxiradan tushirdik. CHunki ko'p futbolchilarimiz jarohatlangan va dam olishi kerak edi. "Neftchi" ikkinchi bo'limda ajoyib o'ynadi. Ular to'p bilan ko'p bo'lishdi. Tajribali jamoaga qarshi yosh futbolchilar bilan o'ynash juda qiyin.
- Jamoaga ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. Bunga sabab nimada?
- "Dinamo"ga qarshi o'yindan oldin futbolchilar ancha bo'shashib qolishdi. CHunki bu darajada qolish juda qiyin. Muammo shunda. Biz yaxshi tayyorlandik, qo'ldan kelgancha harakat qildik. Ammo baribir og'ir bo'ldi.
- Karlos Ximenesni kelasi mavsum ham "Surxon"da ko'ramizmi?
- Kelasi mavsum uchun oldimda taklif yo'q. Hozircha kelasi yili nimalar bo'lishi aniq emas. Kelasi hafta bu borada rahbariyat bilan uchrashuv o'tkazaman. Ular nimalarni talab va taklif qilishlarini bilmayman. Biroq keyingi yil ham shu erda ishlashni istayman.
Fikrlar