Karlos Teves futbolchilik faoliyatini yakunladi
04 iyu 2022 14:04
Yangiliklar
Karlos Teves futbolchilik faoliyatini yakunladi
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Karlos Teves faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
38 yoshli argentinalik 2021 yilning fevralida uni asrab olgan otasi Segundo Raymundo koronavirus sabab vafot etgani sabab futbol o'ynashda davom eta olmasligini tan oldi.
"Rasman faoliyatimni yakunladim. Menda ko'plab takliflar, jumladan AQSHdan chorlovlar bo'lgan edi. Ammo, shu bilan tugatdim, futbolga qo'limdan kelgan barchasini berdim. 2021 yilda o'ynash juda qiyin bo'ldi. Men asosiy muxlisimni yo'qotganim sabab futbolni yakunlayman", - deydi Teves.
Teves 2004 yilda Afinada o'tgan Olimpiya o'yinlarida Argentina bilan chempion bo'lgan. Hujumchi faoliyati davomida shuningdek "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Yuventus", "SHanxay SHenxua", "Korintians" va "Boka Xuniors" jamoalarida harakat qildi.
Fikrlar