So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1

Karlos Keyrush: "Durangga mos o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Karlos Keyrush: "Durangga mos o'yin bo'ldi"

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eron terma jamoasi nomidan O'FFga minnatdorchilik bildiraman.Ikki terma jamoa ham ushbu o'yindan qo'p narsa oldi. 

Bugungi o'yinda ikki jamoada ham gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. O'ylashimcha, bugungi issiq havo futbolchilarga halal berdi. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bugungi o'yin durangga mos edi. 

Bizning jamoada yosh futbolchilar ko'p. Ulardan 6 nafari o'zining debyut o'yinida maydonga tushdi. Ularning o'yinidan qoniqdim desam ham bo'laveradi. 

Bugungi o'yin o'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun biz ham, raqib ham o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish etgani yo'q. Biz uchun keyingi bo'ladigan o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritish muhim.

O'yin hakami ikki marotaba "taym-aut" berganini o'zi ham havoni qay darajada issiq ekanligini ko'rsatib turibdi. O'yin soat 18:00da boshlanishi ham bizga maqul keldi. CHunki, Turkmanistonga qarshi bo'ladigan keyingi o'yinimiz ham huddi shunday vaqtda boshlanadi. 


Eron va O'zbekiston o'rtasidagi so'nggi o'yinlarda faqatgina bitta gol kiritilmoqda...

Men uchun qanday hisobda g'alaba qozonishimizni farqi yo'q. Bugungi o'yinda gollar kiritish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. O'yin boshqacha hisobda yakunlanishi ham mumkin edi.


Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi CHoy Kan Xi bilan munosabatlaringiz qay darajada?

Biz haliyam do'stmiz. Futbolda bunday narsalar oddiy hol. Bosim o'tkazish futbolning bir qismi.

O'zbekistonga SHimoliy Koreyaga qarshi o'yinda g'alaba tilab qolaman.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика