Karlo Anchelotti: "Tarkibimizdan ko'nglim to'q. Kroosning o'rnini bilintirmaslik uchun salohiyatimiz etarli"
01 avg 12:46
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Tarkibimizdan ko'nglim to'q. Kroosning o'rnini bilintirmaslik uchun salohiyatimiz etarli"
– Ayni damda nimadan xavotirdasiz? Tizim, futbolchilarning jismoniy holati?
– To'g'risini aytsam, men umuman xavotir olmayapman. Qo'l ostimdagi jamoaning barcha chiziqlarida ajoyib futbolchi jamlangan, qo'shimchasiga fantastik o'yinchi Mbappe ham safimizga qo'shildi.
Aytib o'tganimdek, birinchi o'yinlarga tayyorlanish uchun vaqtimiz u qadar ko'p emas. Biroq etakchilarimiz ajoyib sport formasida qaytishiga ishonaman. Ular jamoa safiga qo'shilishidan 15 kun avvaldan boshlanadigan maxsus dastur mavjud. Hozir eng muhimi – bu ularning dam olishi.
Kroos bizga etishmayotgani o'ylantirmoqda, lekin uning yo'qligini bildirmaslik uchun imkoniyatlarimiz etarli, deb o'ylayman. Bevosita uning o'rnini bosadigan futbolchi haqida gapirmayapman, chunki Tonining darajasi o'ta yuqori, lekin umumiy olganda salohiyatimiz etarli", – dedi "Real" ustozi.
Fikrlar