Karlo Anchelotti: "Meni operaciya qilishlari kerak, tanaffus olmoqchiman"
25 may 2015 15:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/173278_original.jpg)
![](/upload/storage/173278_220.jpg)
Karlo Anchelotti: "Meni operaciya qilishlari kerak, tanaffus olmoqchiman"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir yil futbolni tark etishi mumkinligi haqida takidladi.
"Yana bir bor qaytaraman: Menga tanaffus kerak. Bunga jiddiy sabablarim bor.
Stenoza tufayli meni operaciya qilishlari lozim. Bu kasallikdan qo'llarim titraydi. Oyoqlarim titrashni boshlamasidan buni yo'q qilish kerak. SHu sababli operaciya borasida kelishib qo'ydim.
To'g'risini aytsam, oyoqqa turishim uchun qancha vaqt kerak bo'lishini bilmayman.
Operaciya Vankuverda (Kanada) bo'lib o'tadi. U erda oilamizning uyi bor. Tatil paytida Kanada va Madridda yashayman.
"Real"dagi ikki yil juda qiyin bo'ldi. Madriddagi ish qancha aqliy va jismoniy kuch olishini hech kim tasavvur qila olmaydi" - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, agar "Real" murabbiyni ishdan bo'shatsa, Anchelotti tanaffus olishini malum qilgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar