So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Karlo Anchelotti: “CHelsi”ga yangi Terri, Lempard va Koul kerak” Yangiliklar

Karlo Anchelotti: “CHelsi”ga yangi Terri, Lempard va Koul kerak”

CHempionlar ligasi tarixida eng sovrindor murabbiy sanalgan Karlo Anchelotti muvaffaqiyatlari siri bilan o'rtoqlashdi.


Anchelotti boshqa mashhur hamkasblaridan farqli o'laroq turli gaplari yoki ko'rinishi bilan etiborni tortishni yoqtirmaydi va o'zini juda xotirjam tutadi. Yaqindagina uning “Sokin etakchilik” nomli yangi kitobi chop etildi. Unda italiyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich va Jon Terri kabi futbolchilar bilan munosabati haqida to'xtalgan. U haqida bu o'yinchilar iliq fikrda ekani o'rinli. “Bavariya”da ish boshlash arafasida turgan murabbiy bir qator savollarga javob berdi.

Qanday futbolchi bo'lgansiz?

– Markaziy yarim himoyada o'ynardim. Debyut qilganimdan keyin jarima maydonidan jarima maydoniga qadar o'ynashni boshlagandim. “Milan”ga kelganimda esa Arrigo Sakki orqaroqda o'ynashim kerakligini so'ragan. Tez futbolchi emasdim, lekin to'g'ri joy tanlab, o'yinni tashkil qila olardim. Kuchli bo'lmasam ham aqlli edim, taktik fikrlardim. SHu sababli murabbiyga aylandim.

– O'sha paytda kim sizga eng ko'p tasir ko'rsatgan?

– O'shanda Sakki futbolda eng katta yangilikka qo'l urardi. U pressingni yoqtirardi – keskin yuqori pressing. Mashg'ulotda ham, o'yinda ham. Undan ko'p narsa o'rganganman. Ungacha yaxshi murabbiy Sven-Yoran Eriksson bo'lgan, u taktik tarafdan juda yaxshi tayyorlangandi. Boshida men bilan Nils Lidxolm ishlagan. U boshqalarga o'xshamasdi, lekin ruhiy tarafdan undan ko'proq o'zlashtirganman. U jim yurardi va futbolchilarga hech qachon baqirmasdi. Menga o'xshab ketadi, shunday emasmi?

Yulduz futbolchilar bilan mohirona ishlashingiz haqida gapirishadi. Buning siri nimada?

– Agar o'yinchilar qoniqishini istasangiz ularni maydonga tushiring. 25 o'yinchini bir paytda qo'yib bo'lmaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatga yo'lning kaliti shunda. 11 futbolchini topa olaman va qolgan 14 nafari baxtsiz bo'lib qoladi. Bu mashg'ulotlarda aks etadi. Ishim – ularni ruhlantirish. Hatto mendan jahli chiqqanlarni ham. Boshqalarni mashg'ulotlarda ular haqida fikrimni o'zgartirish uchun yuz foiz kuchini berishga ruhlantira olaman. Barcha sir shunda.

– Juda ko'p futbolchi siz haqingizda ijobiy fikr bildiradi. Nega?

– CHunki ular birinchi navbatda men uchun odam, futbolchi emas. Hamma bilan birdek gaplashishni istayman. O'yinchilik paytimda murabbiylar menga ularga bog'liq bo'lganimdek muomalada bo'lishardi, xuddi ular aytgan ishni qilishim majburdek. Bunday munosabatda tushunmasdim – men hokimiyatga ega chiqish yoki muhimroq bo'lishni xohlamayman. Biz futbolchilar bilan bir xil darajadamiz. Bazida o'yinchi o'z poziciyasini himoya qilmaydi va bu yaxshi emas. Futbolchi doimo qaysidir poziciya yoki o'yin uslubida harakat qilishdan norozi ekanini bildira olishi kerak. Nimadir o'xshamaganda sizga gapirishgani jim turgandan yaxshiroq. Aks holda, futbolchi bilan nima ro'y berganini o'ylab yurasiz.

O'yinchilar taktikadan muhimroqmi?

– 4-4-2, 4-3-3 yoki 3-4-3da o'ynashingiz muhim emas, agar futbolchiga qulay bo'lmasa. Masalan, Ronaldu. Uni hujum yakuniga qo'ymoqchi bo'lganimda u qanotlarda o'ynash yaxshiroq ekanini tushuntirdi. SHunday ekan, mavsumda 50talab gol urayotgan futbolchi poziciyasini o'zgartirib nima qilaman? Sobiq ustozlarimdan biri aytgandi, ikki toifa murabbiy bo'ladi: birinchisi kuzatib, kam narsani o'zgartiradi va o'yinchilarga erkinlik beradi. Ikkinchisi esa har narsaga aralashadi va klubni buzadi.

– Klub egalari bilan ishlash futbolchilar bilan ishlashdan qiyinroqmi?

– Ular bilan munosabat bevosita natijalarga bog'liq. Agar yaxshi o'ynasak, munosabat yaxshi. Aks holda, yomon. O'yinchilar bilan boshqacha: o'yin ketmayotgan qiyin davrda munosabatlarni yaxshilash kerak bo'ladi.

– “CHelsi” ushbu mavsumdagi pasayishdan keyin qanday qilib yuqoriga qaytishi mumkin?

– Barcha klubda yaxshi va yomon mavsumlar bo'ladi. Hozir “CHelsi” o'tish bosqichida turibdi. Ularda ajoyib muvaffaqiyatli davr bo'ldi. Jamoada Eon Terri, Frenk Lempard va Eshli Koul o'ynadi. Endi esa yangi Terri, Lempard va Koul kerak. “Milan”da ham Paolo Maldini, Jennaro Gattuzo va Andrea Pirlo ketganda shunday holat ro'y bergan. Jangovar jamoa tuzish uchun vaqt kerak. “Manchester Yunayted”da ham shunday. Ular Rio Ferdinand, Nevill, Skoulz va Giggzni yo'qotishdi. Yangi jamoani yangi o'yinchilar bilan qurish kerak. Bu futbol uchun oddiy holat.

Siz bilan ishlagan buyuk futbolchilarni nima bog'lab turadi?

– Professionallik. Ko'plab ajoyib iqtidorli yigitlar bilan ishlaganman, biroq iqtidorga yordam zarur. Aks holda, inqirozdan qochib bo'lmaydi. Ishga etiborni jamlash kerak. Ronaldu – mashg'ulot, o'yin va shaxsiy hayotida haqiqiy professional. Murabbiy mashg'ulot va o'yinni boshqarishi mumkin, ammo stadiondan tashqaridagi hayot mutloq futbolchining qo'lida. Zamonaviy futbolda iqtidorning o'zi etarli emas. 20 yil avval o'zgacha edi. Diego Maradona mashhurlik cho'qqisida ortiqcha vazndan aziyat chekardi. Hozir jismoniy holatni ushlab turish muhim, futbolning o'zi ko'proq narsalarni talab etmoqda. Professional tezroq tiklanadi. Aksincha holatda iqtidor shunchaki o'smaydi.

Kiyinish xonasida kim tabiatan etakchi bo'lgan?

– Bunday o'yinchilarning ko'pini ko'rganman, lekin ular bir-biridan farq qiladi. Kuchli xarakterli etakchi bo'ladi, ular futbolchilarni o'yindan oldin ruhlantira oladi. Xayolimga Maldini va Ramos keladi. Texnik tarafdan etakchilar esa maydonda juda yaxshi ko'rinadi - Ronaldu, Kaka, Pirlo, Zlatan Ibragimovich. Yana o'rnak bo'lishga yordam beradigan tinch etakchilar ham bo'ladi. Masalan, Gattuzo. U chiroyli gapirmasdi, lekin o'yini bilan barchani ilhomlantirardi. Etakchilar turlicha bo'ladi va ularning soni jamoada qancha ko'p bo'lsa, o'sha jamoa eng yaxshiga aylanadi.

– Italiyalik mutaxassislarning sayohatni yoqtirishi va xorijda ko'plab g'alabalarga erishishi qanday ro'y berdi?

– Italyan futboli boshqa mamlakatlarnikidan doimo turli taktika ustida o'ylash tufayli farq qiladi. “A” seriyada 3, 4 yoki 5 himoyachi bilan o'ynashadi. Ispaniyada esa deyarli hamma 4-3-3 yoki 4-3-2-1 bilan tushadi. U erda sxema haqida ortiqcha o'ylamaysan. Italiyada turlicha yo'nalish sizga boshqalar farqlamaydigan oddiy narsalarni ko'rish imkonini beradi.

Futbolga yana qancha vaqtingizni bag'ishlamoqchisiz?

– O'yin xursandchilik keltirishdan to'xtamaguncha. Mashg'ulot menda salbiy narsa chiqarishni boshlasayoq ketaman. Hozir mashg'ulotga tayyorlanish, o'yinchilarni boshqarish va ular bilan suhbatlashishdan baxtliman. Qaysidir murabbiy aytganidek, murabbiyning ishi jahonda eng yaxshisi, faqat yakshanba kungi o'yinlarni inobatga olmasa. O'yinlarsiz bu ish orzudagi ishga aylanardi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика