Karlo Anchelotti: "Benzema "Oltin to'p"ga loyiq"
22 okt 2021 12:44
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Benzema "Oltin to'p"ga loyiq"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2021 yil yakunlariga ko'ra kim "Oltin to'p"ni olishi kerakligi borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Benzema o'tgan mavsumdagi va hozirda ko'rsatayotgan o'yinlari bilan "Oltin to'p"ga loyiq. Karim kuchliroq xarakter bilan kuchli liderlik fazilatlariga ega futbolchiga aylandi. U boshqalarga o'yin paytida ham, o'yindan tashqarida ham namuna bo'lmoqda. Bunday o'yinchining tarkibimizda borligi omadimizdir", - deydi Anchelotti.
33 yoshli francuz joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.
"Oltin to'p" marosimi 29 noyabrda Parijda topshiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar