Karlo Anchelotti: “Arbeloa va Karvaxal navbatma-navbat o'ynashadi”
09 jan 2014 12:20
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: “Arbeloa va Karvaxal navbatma-navbat o'ynashadi”
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, jamoaning o'ng qanot himoyasidagi raqobat xususida to'xtalib o'tdi.
“Bu poziciyada favorit yo'q. Arbeloa ham Karvaxal ham ajoyib o'ynashadi. Ular navbatma-navbat maydonga tushishadi, chunki ikkalasi ham yaxshi futbolchi.
Ularni har doim tetik saqlashimiz kerak, chunki bu poziciyada o'ynovchi o'yinchilardan ko'p narsa talab etiladi.
CHap qanotga keladigan bo'lsak, yaqinda Koentrau safga qaytadi deb o'ylayman va o'shanda Marseloga tanaffus bera olaman”, - deya takidladi Anchelotti.

Fikrlar