Karles Puyol: Hozircha kelajagim borasida qaror qabul qilmadim
14 apr 2014 21:55
Yangiliklar


Karles Puyol: Hozircha kelajagim borasida qaror qabul qilmadim
Barselona futbolchisi Karles Puyol ushbu yozda faoliyatini yakunlashi borasidagi xabarlarga o'z izohini berib o'tdi.
Hozircha kelajagim borasida xech qanday qarorga kelganim yo'q. Bu masalada boshqa xech nima deya olmayman.
Barchasi mavsumning so'nggi qismi qanday yakunlanishiga bog'liq. SHundan so'ng men biron-bir qaror qabul qilaman, – deb aytib o'tdi Puyol.
Eslatib o'tamiz, avvalroq himoyachi mavsum yakunlanganidan so'ng "Barsa"dan ketishini malum qilgan edi. Futbolchiga "Milan", AQSH va Qatarning bir qancha jamoalari tomonidan qiziqishlar bildirilmoqda.

Fikrlar