Karl-Xaync Rummenigge: "Roma" guruhimizdagi eng xavfli raqib"
20 okt 2014 23:08
Yangiliklar
Karl-Xaync Rummenigge: "Roma" guruhimizdagi eng xavfli raqib"
"Bavariya" klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge "Roma"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Roma"ning so'nggi o'yinlardagi natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, rimliklar guruhimizdagi eng xavfli raqiblar. Rudi Garsiya jamoani yaxshi shakllantirishga erishgan. Jamoa 1,5 yildan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda. Ertangi o'yin juda qiyin va qiziqarli kechishi aniq. O'ylashimcha, yana ikki turdan so'ng guruhdan kimlar chiqishini aniqlab olamiz. SHu ikkala o'yinda biz guruh g'olibligi masalasini hal etishimiz zarur. Rim Papasi uchrashishimizdan bag'oyatda xursandmiz. Bu taklifni jon deb qabul qildik. Bu o'zgacha uchrashuv bo'lishi aniq. Biz o'zimiz bilan "sovg'a" olib kelganmiz. Nimaligini esa hozircha aytolmayman. Sovg'a "syurpriz"ligicha qolishi kerak.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar