Karius: "Liverpul"ning muhim uchrashuvlarida o'ynashni xohlayman"
12 iyu 2020 15:07
Yangiliklar


Karius: "Liverpul"ning muhim uchrashuvlarida o'ynashni xohlayman"
Turkiyaning "Beshiktosh" klubidan ijaradan qaytgan Loris Karius "Liverpul" darvozasida turishga tayyorligini bildirdi.
"Liverpul" mashg'ulotlarida qattiq ishlashga tayyorman. Zaxira darvozaboni bo'laman va bu Angliyada o'zimni namoyish etish imkoniyatiga ega bo'lishimni anglatadi. Men jiddiy ishlarga tayyorman, "Liverpul" uchun muhim bahslarda o'ynashni xohlayman.
Bu yuqori darajadagi jamoa, "Liverpul" mavjud barcha sovrinlar uchun kurashadi. Bu erda meni hamma narsa qoniqtiradi, imkoniyatlar shunchaki super", - deydi nemis darvozaboni.
Germaniyalik darvozabon joriy mavsum Turkiya chempionatida 25ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 28ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar