So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  2 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

Karimjon Bozorov: "Ikkinchi taymda sal bo'shashdik va gol o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Karimjon Bozorov: "Ikkinchi taymda sal bo'shashdik va gol o'tkazib yubordik"

Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor-farm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Karimjon Bozorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Xorazm ahliga salom. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi taymda sal bo'shashdik. Zonalar passivlik kuzatilgani uchun gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda, o'yin teng kurashlar ostida desak bo'ladi. Bu mag'lubiyatdan to'g'ri hulosa chiqarib, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga intilamiz. 

- "Navbahor-farm" jamoasining Pro-ligada ishtirok etishdan maqsadi nima?

- Asosiy maqsadimiz yoshlarni tayyorlash. Pro-liga ham deyarli Superliga bilan teng turnir. Maqsadimiz yoshlarna o'yin amaliyot berib, katta jamoalarga tayyorlash. SHu bilan birga, Pro-ligada yaxshi natija qayd etishni maqsad qilganmiz. 

- SHerzod G'ulomjonovning zaxirada qoldirilishiga munosabat bildirsangiz.

- SHerzod G'ulomjonovga keladigan bo'lsak, u ushbu o'yinga qilingan taktikaga tushmay qoldi. Umuman olganda, u yaxshi futbolchi. Sekin-sekin jamoaga qo'shilib ketmoqda. Uning poziciyasidagi yigitlar biroz yoshroq. Har bir poziciyada raqobat bo'lishi kerak. SHerzod ham o'z poziciyasida raqobatni yutib chiqsa, maydonga tushiriladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика