So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Karim Mossaui: "Jahon chempionati tort ustidagi bezakdir" Yangiliklar

Karim Mossaui: "Jahon chempionati tort ustidagi bezakdir"

Niderlandiya futzal terma jamoasi azosi Karim Mossaui mundial oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jahon chempionatida to'p tepish qanday zavq bag'ishlaydi?

- Jarohatimdan keyin mundialda ishtirok etaman deb hech o'ylamagandim, shuning uchun shaxsan men uchun bu juda yoqimli. Bolaligingizda tabiiy ravishda jahon chempionatida o'ynashni xohlaysiz. SHaxsiy mening bolalikdagi orzuim shunday edi. Men har doim televizor qarshisida turib, terma jamoa o'yinlari oldidan davlat madhiyasini jo'r ovozda kuylardim. Mundialda qatnashish chindan ham bolalikdan orzuim edi.

- Guruhingizda ikkita Evropa chempionatida ishtirok etgan yagona futzalchisiz. Jahon chempionati Evropa qay darajada farqlanadi?

- Ha, menimcha, jahon chempionati ko'proq orzu qilainadigan turnir sanaladi. Niderlandiya kichik futzal mamlakati hisoblanadi. Ikkita Evropa chempionatida ishtirok etish va endilikda jahon chempionatida to'p tepish - bu, albatta, yoqimli tuyg'u. Men o'zimni yaxshi his qilaman. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.

- Jahon chempionati qachon siz uchun muvaffaqiyatli o'tadi?

- Nima bo'lganda ham, men shu erda ekanligimning o'zidan mamnunman, shuning o'ziyoq men uchun baxt. Albatta, imkon qadar uzoqroqqa borishni xohlayman, menimcha, buni hammaxohlaydi. Kareramni tortga qiyoslasak, jahon chempionati uning markazidagi bezakdir.


Eslatib o'tamiz, Niderlandiya terma jamoasi "A" guruhidagi ilk uchrashuvini 14 sentyabr kuni O'zbekistonga qarshi o'tkazadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика