Karim Benzema yana "Al Ittihod" mashg'ulotlarini tark etdi, "Oltin to'p" sohibi "Navbahor"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
07 fev 2024 22:33
Yangiliklar
Karim Benzema yana "Al Ittihod" mashg'ulotlarini tark etdi, "Oltin to'p" sohibi "Navbahor"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
Karim Benzema bosh murabbiy Marselo Galyardoning talablarini bajarishdan bosh tortgani uchun dushanba kuni erta tongda "Al Ittihod" mashg'ulotlarini tark etdi.
Manbaning xabariga ko'ra, mashg'ulotning birinchi qismida jamoaning qolgan azolari bilan ishtirok etgan, biroq ikkinchi qismida 48 yoshli argentinalik mutaxassis Benzemaga individual tarzda shug'ullanishi kerakligini aytgan. Forvard bu qarorga rozi bo'lmay, o'z noroziligini oshkora bildirib, mashg'ulotni tark etgan.
Galyardo Benzemadan omma oldida kechirim so'rashini kutmoqda.
"Oltin to'p" sohibining esa jamoasini o'zgartirishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar avj olmoqda. Karim, katta ehtimol bilan, Osiyo CHempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Benzema bugun (7 fevral) "Al Tai"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar