Kari Arnason: Ronaldu nima kutgandi? Biz Barselona kabi o'ynashimiz kerakmidi?
15 iyu 2016 11:44
Yangiliklar
Kari Arnason: Ronaldu nima kutgandi? Biz Barselona kabi o'ynashimiz kerakmidi?
Islandiya himoyachisi Kari Arnason Evro-2016 dastlabki turidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi o'yindan so'ng Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Krishtianu Ronaldu haqiqiy omadsiz. Bu o'yinda yuta olmaganidan xafa.
Nima kutgandi? Biz Barselona kabi o'ynashimiz kerakmidi? U hech nima ko'rsatmadi, shunchaki simulyaciyalar namoyish etdi.
Albatta biz himoyalandik, ammo Portugaliyani mag'lub etishimiz ham mumkin edi, – deydi Arnason.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu uchrashuvdan so'ng Islandiyaning o'yin uslubini tanqid qilgandi.
Fikrlar