So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Kardiffdan muxlisimiz xabar qiladi... Yangiliklar

Kardiffdan muxlisimiz xabar qiladi...

Xabaringiz bor, ertaga Uels poytaxti Kardiff shahrida Evropa chempionlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Madridning "Real" va Turining "Yuventus" klublari o'rtasidagi o'yinga qiziqish juda katta. Ayni paytda o'zbekistonlik Sarvar Nishonboev Kardiff shahrida bo'lib turibdi. U o'quvchilarimizga final bo'lib o'tadigan shahardan qaynoq malumotlarni etkazib berishga rozi bo'ldi. Ushbu sahifada Kardiff shahridan kelgan malumotlar berib boriladi.


YANGILASH


Barcha o'zbekistonliklarga Uelsdan alangali salom! Bugun Kardiffda "Cardiff Day" bo'lib o'tmoqda. Muxlislar uchun turli tadbirlar tashkil etilgan. Istalgan muxlis Evropa chempionlar ligasi kubogining originali bilan rasmga tushish imkoniyatiga ega. Rasmlarni esa maxsus sayt orqali ko'chirib olish imkoniyati mavjud.

Kardiff vaqti bilan soat 16:00da (Toshkentda 20:00) Evropaning ko'zga ko'ringan sobiq futbolchilari o'rtasida futbol shou bo'lib o'tadi.

Evropa chempionlar ligasi kubogi yonginamizda

Kubok bilan rasmga tushishni istaganlar ko'p, jonli navbat shunday ko'rinishda

Kubok bilan tushilgan rasmni maxsus saytdan yuklab olish mumkin bo'ladi

Xohlovchilar uchun "ECHL SHop" tashkil etilgan. Unda musobaqa finaliga oid sovg'alar yoki futbol to'plari sotib olish mumkin.

Istasangiz futbolkalarni ham xarid qilishingiz mumkin

Turli suvenirlar

Musobaqaning rasmiy va original to'pi 100 funt turadi.


Bu esa Evropa chempionlar ligasi galereyasi. Bu erda yakunlanayotgan mavsumda ECHLda ishtirok etgan klublarning formalari joylashtirib chiqilgan. "Lester"ning formasi ko'rinayaptimi?


Finalchilardan biri bo'lgan "Yuventus" klubining bu yil yutgan kuboklari bilan rasmga tushish marosimi.


Navbatda turganlar orasida Bardzali ham bor )))


Bahaybat odam)


Turli ko'ngilochar shoular ham davom etmoqda


Kecha ayollar o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi finali bo'lib o'tdi. Unda Franciyaning "Lion" klubi mamlakatning boshqa bir klubi PSJni mag'lub etib chempionga aylandi.


Kaminaga ham "Yuve"ning kuboklari bilan birga rasmga tushish nasib qildi


Men uchun tarixiy suratlar


Yosh futbol muxlislari bilan


Evropa chempionlar ligasining ulkan kubogi

Futbol afsonalari o'rtasidagi shou uchrashuvi boshlandi

SHou uchrashuvni ko'rayotganlar orasida "Ronaldu" va "Mxitaryan" ham bor

Kardiff final bilan yashamoqda

O'zbekiston bayrog'i va ECHL original kubogi. Ushbu kubok 3 iyun kuni musobaqa g'olibiga topshiriladi

Doim xilpirayver vatanim bayrog'i

Kardiffda yurtimiz bayrog'i

"Real" muxlislari Kardiffga tarixni eslatishmoqda

SHahar finalga tayyor

Finalni qabul qiluvchi "Millenium" stadioni

Uelslik muxlislar qurshovida. Mamlakatda birinchi raqamli sport turi bu regbi ekan. EVRO-2016dan keyin futbolga qiziqish anchagina ortib ketibdi.


Uels poytaxti Kardiff shahridan Sarvar Nishonboev championat.asia sayti uchun maxsus

YANGILASH

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика