So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Karantindan keyingi futbol qanaqa bo'ladi? Yangiliklar

Karantindan keyingi futbol qanaqa bo'ladi?

Oxirgi paytlarda karantin tugashiga oz kunlar qolgani haqida bot-bot gapirilmoqda.

Xabaringiz bor, hukumatimiz tomonidan koronavirus sabab karantinni 10 maygacha cho'zish qarori qabul qilingandi. Hozirgi paytga kelib karantin holatlari ancha yumshatilgani (odamlarning ko'chaga ko'proq chiqa boshlashgani, shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat berilgani, bazi tamaddixonlar yana ish boshlangani)ni hisobga olsak, vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmoqda desa bo'ladi. 

Yana eshitishimiz bo'yicha, 4 may (dushanba)dan boshlab ko'p joylar ishga tushar ekan. SHunday bo'lgan taqdirda hukumat tomonidan futbol klublarining jamoaviy tarzda mashg'ulot o'tkazishiga ruxsat berilishi mumkin. Hozirda PFL ham yuqoridan ruxsat bo'lishini kutyapti va ruxsat tegishi bilan klublarga bu borada xat yo'llaydi. 

O'ylaymizki, karantin holati yakuniga etganidan so'ng jamoalarning maydonda mashg'ulot olib borishlariga ruxsat beriladi va chempionatni to'xtab qolgan joyidan davom ettirish uchun PFL avvalo murabbiylar bilan o'zaro kelishgan holda futbolchilarning malum bir formaga chiqib olishlari uchun qanchadir vaqt beradi. Bu ikki hafta bo'ladimi yo 20 kunmi, bunisi endi PFLning qaroriga bog'liq. 

SHu o'rinda ko'pchilikni qiziqtirayotgan masala, bu karantindan so'ng futbolimizning qanday ko'rinishda davom etishi. Katta ehtimol bilan Superliga bahslari muxlislarsiz o'tkaziladi. Hozirda Evropa ham shu yo'lga o'tishni maqsad qilyapti.

Muxlislarsiz bo'lsa ham eng maqul yo'li shu: negaki futbolchilar uchun ham futbol o'ynash kasb hisoblanadi va ular ham shuning ortida oila boqadi. To'g'ri, futbol aslida muxlislar uchun, lekin hozirgi vaziyatda xalqimizning salomatligi eng birinchi o'rinda. 

Superliga bahslari shu paytgacha o'tkazib kelingani kabi yana uy-mehmon tarzida davom etadimi yoki hamma jamoalar poytaxtga yig'ilib shu erda o'ynaydimi? Bu ham o'rinli va ayni paytda juda dolzarb savol. Bu borada yakuniy qarorga kelishdan oldin obdon bosh qotirgan maqul deb o'ylaymiz. 

Aytaylik, o'yinlar uy-mehmon tarzida yana odatga ko'ra davom ettiriladi deylik, faqat buning uchun Respublika bo'ylab barcha yo'llar ochilishi, samolyot, poezd va taksilar qatnovi to'liq yo'lga qo'yilishi lozim bo'ladi. CHunki jamoalar uchun eng muhimi bu safarga chiqqanda transport masalasi. 

Transport hal bo'lganidan keyin mehmonxona muammosi qoladi. Asosiy mehmonxonalarning yana ishga tushishiga ruxsat beriladimi? Bu ham kun tartibidan o'rin oladigan savol. Mayli, mezbon jamoa mehmon jamoa uchun mashg'ulot o'tkazishga maydon ajratar, lekin transport va mehmonxona masalasi to'liq hal bo'lmaguncha Superligani xuddi oldingidek o'tkazib bo'lmaydi. 

Agar barcha jamoalar Toshkentda yig'ilib o'ynasa-chi? Hozirda ko'pchilikka bu juda to'g'ri yo'ldek ko'rinayotgan bo'lishi mumkin, lekin bu ham o'z navbatida bazi muammolarni keltirib chiqaradi. Faraz qilamiz, barcha jamoalar Toshkentda to'plandi. 14ta jamoalik chempionatda bir turda 7ta o'yin bo'ladi. O'yinlar qaerda o'tkazilishi mumkin? "Paxtakor", "Lokomotiv", "Jar" va TTYMI stadionlari. "Bunyodkor" stadioni bo'yicha to'liq bir nima deyish qiyin, maydoni tayyormi yo'qmi, buni ham ayta olmaymiz. 

Aytaylik, mana shu to'rtta stadionda navbatma-navbat Superliga tur uchrashuvlarini o'tkazsa bo'ladi. SHunda qaysidir stadionlarda ikkitadan, qay birida bitta o'yin bo'lib o'tadi. Lekin bu o'rinda boshqa savol kun tartibiga chiqadi: jamoalar qaysi maydonda mashg'ulot o'tkazadi?

Masalan, "Lokomotiv" uy uchrashuvlarini "Lokomotiv" stadionida o'tkazsa ham, mashg'ulot maydoni sifatida TTYMI stadionidan foydalanib keladi. Xuddi shuningdek "Paxtakor" "Jar" stadionidan foydalanadi. "Bunyodkor"ga esa bu borada muammo yo'q, chunki stadion hududida bir nechta maydonlari bor.

Bundan tashqari Toshkent viloyatining ikki jamoasi - AGMK bilan "Metallurg" ham poytaxtda istiqomat qilib shu erda mashg'ulot o'tkazadi. Xususan "Metallurg" anchadan beri Qibraydagi "Paxtakor" bazasidan foydalanib kelyapti. AGMK ham Qibrayga ketaverishda yo'l chetidagi stadionni chiroyli ko'rinishga keltirib qo'ygan. Bu tomonlama olib qarasak, o'yinga tayyorgarlik borasida (agar barcha uchrashuvlar Toshkentda o'tkaziladigan bo'lsa) Superliganing beshta klubida mashg'ulot o'tkazish bo'yicha muammo bo'lmasligi mumkin. Lekin boshqalar-chi?

Buyog'iga "Nasaf", "Qo'qon-1912", "Mashal", "Navbahor", "Surxon", "Andijon", "Qizilqum", "So'g'diyona" va "Buxoro" klublarining masalasi qolyapti. Aytaylik, bu jamoalar qaerda istiqomat qiladi-yu, qaysi maydonlarda shug'ullanadi? Bu o'rinda yana mehmonxonalar masalasi birinchi planga chiqadi. Navbatdagi bir oy ichida barcha o'yinlar Toshkentda o'tkaziladi ham deylik, lekin yuqoridagi 9ta jamoaning bir oy Toshkentda yashashiga moliyaviy qurbi etadimi? Toshkentda bazasi bor klublar bu tomonlama qiynalmaydi, lekin viloyatdagilar-chi? Axir bir oylik xarajat ham oz pul emas. Birgina mehmonxonaning o'ziga qancha ketadi.

Ikkinchidan, yana maydon masalasi. "Paxtakor"ning "Jar" stadionini, "Lokomotiv"ning TTYMI stadionini boshqa klublarga mashg'ulot o'tkazish uchun bermaslikka haqqi bor. Bu ikki klub faqat rasmiy o'yinlarni o'tkazishga ruxsat berishi mumkin, lekin boshqa jamoalarning muntazam shu erda shug'ullanishiga qanday qaraydi bu ham dolzarb masala. Bu o'rinda viloyatdan keladigan jamoalar uchun maydonga pul to'lash masalasi ham chiqadi.

Aslida bitta shaharda turnir o'tkazish Toshkent uchun yangilik emas. O'z vaqtida ikki bor 16 yoshgacha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga Toshkent mezbonlik qilgan. Lekin u paytda hozirgidek vaziyat bo'lmagan. Transport, mehmonxona masalalari bemalol edi va shunday bo'lganki, bitta mehmonxonada to'rttalab jamoa istiqomat qilgan. Lekin biz bu erda professional futbol haqida gapiryapmiz va musobaqa o'z nomi bilan Superliga bo'lganidan keyin har bir masalada etti o'lchab bir kesishga to'g'ri keladi.

Niqob taqib o'ynash masalasi. Bu endi hal qilib bo'lmaydigan muammo emas. Aytaylik, bitta jamoaga faqat oq, ikkinchi jamoaga faqat ko'k yoki bosh rangdagi niqoblarni berib futbol o'ynatish mumkin, kerak bo'lsa tibbiy qo'lqop kiyib ham o'ynasa bo'ladi. Lekin eng asosiy mavzu bu o'rinda mashg'ulot maydonlari, transport va turar joy.

Undan ham mumhimi, klublarning ayni paytdagi moliyaviy holati. CHunki pul bo'lmasa bu ishlar ham bo'lmaydi. 14ta jamoani Toshkentga yig'ib o'ynatgandan eng avvalo televidenie yutadi. CHunki barcha uchrashuvlarni to'g'ridan to'g'ri ko'rish imkoni yuzaga keladi. Lekin yuqorida biz sanab o'tgan masalalar bevosita klublarga tegishli bo'lgani uchun PFL bir to'xtamga kelishdan oldin bafurja o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi. Va bu o'rinda PFL chiqaradigan qaror barcha klublar uchun teng bo'lishi, tarozi pallasi qaysidir tomonga og'ib ketmasligi lozim. 

X.Xoliqov.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика