So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Karantindan keyin PFLning rejalari qanday ko'rinishda bo'ladi? Mutaxassislar javob berishdi Yangiliklar

Karantindan keyin PFLning rejalari qanday ko'rinishda bo'ladi? Mutaxassislar javob berishdi

"Tezkor studiya" mehmonlari bo'lgan PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov hamda direktor o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev keyingi rejalar haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Karantin davridagi to'xtalish O'zbekiston chempionatiga qanchalik tasir o'tkazadi? Superliga o'yinlari qishgacha cho'zilishi mumkinmi? 

Bu savollarga PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov shunday javob qaytardi: 

- Assalomu Alaykum, barcha muxlislarga. Futbolni hammamiz sog'inganmiz. O'zimizning futbolga qiziqadiganlar soni nihoyatda ko'p, shu bois ko'pchilik qachon o'yinlar yana boshlanishini intiqlik bilan kutyapti. 

- Karantin qachon tugab qachon ishga qaytishimizni bilmaymiz. SHu bois Superliga o'yinlari aytaylik, 1 maydan yoki 15 maydan davom ettiriladi degandan foyda yo'q. Qachonki hukumat sport musobaqalari o'tkazishga ruxsat bersa yana ish tizimiga qaytamiz. Lekin bu o'rinda har qanday holatga tayyor turishimiz kerak. 

- Hozirda chempionatni buyog'iga qanday davom ettirish borasida 2-3 xil variantlar ishlab chiqpyamiz. Hammasi hal bo'lgach, shunga qarab ishni davom ettiramiz. 

Futbolimiz faqat Superligadan iborat emas. O'zbekiston va Kubogi va Liga Kubogi kabi musobaqalar ham bor. Uchta musobaqani oxirigacha etkazib qo'yishga vaqt bo'larmikan? 

Ushbu savollarga esa bosh direktor o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev quyidagicha javob berdi: 

- Liga Kubogida bu yil katta qadam tashlashni maqsad qilgandik, yani xalqaro turnir maqomini berib. Hozir hamma ish qachon yuqoridan ruxsat tegishiga qarab qolgan. Bundan tashqari FIFA va OFKning keyingi rejalari ham muhim rol o'ynaydi. 

- CHunki mart oyida o'tkazilishi lozim bo'lgan JCH-2022 saralash bahslari avgustga surildi, qolaversa bu yoqda Osiyo chempionlar ligasi ham bor. SHu bois PFL qarori FIFA va OFK keyingi rejalarini rasman taqdim etganidan so'ng qabul qilinadi. Bizda 2-3 xil variant bor va shunga qarab ish tutamiz.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика