Kapello: "Ronaldu Portugaliyani bir o'zi jahon chempionatiga olib chiqdi"
06 dek 2013 12:36
Yangiliklar


Kapello: "Ronaldu Portugaliyani bir o'zi jahon chempionatiga olib chiqdi"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello 2013 yil yakunlariga ko'ra "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu olishi kerak ekanini yana bir bor takidlab o'tdi.
"Bu yil Krishtianu har qachongidan ham ushbu sovringa munosibroq. So'nggi yillarda u munosib ravishda Messidan keiyngi ikkinchi o'rinni egallab kelayotgandi. Ammo bu yil ko'plab o'yinlarda hal qiluvchi rol o'ynadi. U bir o'zi Portugaliyani jahon chempionatiga olib chiqdi. U meni hayratga soldi", dedi mutaxassis.

Fikrlar