Kapello Mourinoni tanqid qildi
14 fev 2022 21:25
Yangiliklar
Kapello Mourinoni tanqid qildi
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello “Roma” murabbiyi Joze Mourinoni tanqid qildi.
Avvalroq Mourinoning kiyinish xonasida o'z jamoasining o'yinchilarini haqorat qilgan nutqi matbuotda tarqalgandi.
"Men hech qachon o'z futbolchilarimni Mourino kabi haqorat qilmaganman. Men hurmatni joyiga qo'yishga harakat qilardim. To'g'ri, futbolchilardan natija talab qilardim, lekin shu bilan birga ularni hurmat qilardim. Hurmat mening birinchi raqamli shiorim edi.
Agarda futbolchilaringizni Mourino kabi haqorat qilsangiz, klubga iqtisodiy zarar etkazasiz. Buni hisobga olish kerak", — dedi Kapello.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar