Kapello: "Messi JCH ilk o'yinlarida yurib o'ynadi, ammo Xorvatiyaga qarshi o'yinda hayratda qoldirdi"
16 dek 2022 23:25
Yangiliklar


Kapello: "Messi JCH ilk o'yinlarida yurib o'ynadi, ammo Xorvatiyaga qarshi o'yinda hayratda qoldirdi"
Fabio Kapello JCH-2022 finali oldidan Lionel Messi va Kilian Mbappe haqida gapirdi.
- Bizni katta final kutmoqda – Argentina Franciyaga qarshi. Bu o'yindan nimani kutyapsiz?
- Bu nafaqat Argentina Franciyaga qarshi, balki Messining Mbappega qarshi o'yini ham.
Dastlabki o'yinlarda Leo piyoda yurib o'ynagan bo'lsa-da, Xorvatiyaga qarshi o'yini bilan meni quvontirdi. Bu "Barselona" davridagi Messi edi. Kilian Mbappeda esa hammasi bor – katta kuch, tezlik va gollar.
Men bir nechta gollar uriladigan qiziqarli finalni kutyapman. Hammasi qo'shimcha taymlarda yoki penaltilar seriyasida hal bo'lishini istisno qilmayman", – dedi "Milan" va "Real" sobiq ustozi.
Franciya va Argentina o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar