Kapello: "Bonuchchi himoyalanishni bilmaydi"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2017, 14:16
"Milan" va "Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello rossonerlar himoyachisi Leonardo Bonuchchini tanqid qildi.

"U italiyalik eng yaxshi himoyachisi, ayniqsa to'p unda bo'lsa. Bu borada Bonuchchi dunyoning eng yaxshi uch himoyachisidan biri.

Ammo himoyalanishni bilmaydi va bu katta muammo. "Yuventus" o'yin uslubi unga mos kelardi. Leonardo uch himoyachi tizimida o'ynay oladi" - deydi Kapello.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilda Leonardo Bonuchchi Italiyada yil futbolchisi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Italia