So’nggi yangiliklar

13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  1 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2

Kapadze vadasining ustidan chiqdi (VIDEO) Yangiliklar

Kapadze vadasining ustidan chiqdi (VIDEO)

Oliy liganing navbatdagi turida "Lokomotiv" o'z maydonida "SHo'rtan"ni qabul qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilgan "temiryo'lchilar" sardori Timur Kapadze o'z golini juda chiroyli tarzda nishonladi.

Gap shundaki, u 52-daqiqada gol urganidan so'ng golni skripka chalayotgandek nishonladi. Bundan esa ko'pchilik hayron qolgan bo'lsa kerak. Buning sababi shundaki, Kapadze "Olmaliq" bilan kechgan o'yinda to'p kiritgan vaziyat "Lokomotiv"ning instagramdagi rasmiy sahifasi (@pfc.lokomotiv)ga qo'yilgach, qozog'istonlik darvozabon Almat Bekbaev video tagida "Tima, yana gol ursang men uchun skripka chalib ber" mazmunda izoh qoldirgandi.

SHunda Timur Kapadze yana to'p kiritsa golni shunday nishonlashga vada bergandi. Biroq tajribali yarim himoyachi "Qo'qon-1912"ga to'p kiritganidan so'ng golni bunday nishonlamagan, natijada Bekbaev "Vada qani?" mazmunda yana izoh qoldirgandi. Va nihoyat, "SHo'rtan" bilan kechgan bahsda "temiryo'lchilar" sardori gol urganidan so'ng qo'llarini skripka chalayotgandek ko'rsatdi va shunday qilib o'z vadasining ustidan chiqdi. Eslatib o'tamiz, Kapadze Qozog'istondagi faoliyati davomida Almat Bekbaev bilan bir jamoada, "Aktobe"da o'ynagan.

X.Xoliqov


TAS-IX 



TAS-IX emas




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика