So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Kapadze navbatdagi ikki o'yinda milliy jamoamizni boshqarsa... Yangiliklar

Kapadze navbatdagi ikki o'yinda milliy jamoamizni boshqarsa...

Taniqli jurnalist Qahramon Aslanov Timur Kapadze terma boshqaruviga kelsa, uslub masalasida qiyinchilikka duch kelishini takidladi.

Katanecning sog'lig'i va uning o'rinbosari haqidagi turli xabarlar meni bir jihatdan ko'proq o'ylantiryapti. 

Malumki, sloveniyalik murabbiy 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashni maqul ko'radi. Kamida, aynan terma jamoamizni u shu tizimda boshqardi va so'nggi uch yilda faqat shu sxemada o'ynab keldi. Bu sxema o'ziga yarasha specifik bo'lib, o'zgartirish oson emas, zero markaziy himoyachilarga beriladigan vazifalar, qanot futbolchilarining harakati nuqtai nazaridan 4 himoyachili har qanday sxemadan tubda farq qiladi. Himoyada o'ynaydigan futbolchilardan bazi qo'shimcha qobiliyat va ko'nikmalar ham talab qilinishidan tashqari, 3 markaziy himoyachidan 2 markaziy himoyachiga o'tish yarimhimoyadagi tizimga ham, hujum tashkil qilishda ham o'z tasirini o'tkazadi. Xullas, tarkibdagi o'zgarishlardan tortib, bir muddat mashg'ulotlarni talab qiladigan jarayon – bizda esa, etarli vaqt yo'q. 

Dunyodagi murabbiylarga qarasangiz ham, 4-4-2, 4-3-3, 4-2-4 va bir qator sxemalar bilan almashtirib manevrlar qiladigan murabbiylar ko'p, ammo himoyachilar soniga tegilmaydi. 3 markaziy himoyachi bilan doim to'p suradigan boshqa guruh murabbiylar ham bor – ular aksincha, 2 markaziy himoyachi sxemalariga murojaat qilishmaydi. 



Esingizda bo'lsa, Italiyada 3-4-3 da muvaffaqiyat qozongan Antonio Konte “CHelsi”ga kelgach, Angliyaga moslashishga urinib, 4-3-3 sinab ko'rgan, ammo ilk o'yinlardayoq yomon natijalar qayd etgach, futbolchilarni o'z 3-4-3 sxemasiga moslashtirish osonroq va qisqaroq yo'l ekanini anglab etgandi.  



Misol uchun, Timur Kapadze “Olimpik”da ham, olimpiya jamoamizda ham asosan 2 markaziy himoyachidan iborat sxema tanlaydi. Xo'sh, agar bazi malumotlar to'g'ri bo'lib, navbatdagi ikki o'yinda aynan u milliy jamoamizni boshqarsa, nima qiladi? Qisqa muddatda, deyarli umumiy mashg'ulotsiz o'z uslubiga o'rgata oladimi? Futbolchilar o'z faoliyati davomida turli sxemalarda o'ynagan bo'lishsa-da, birgalikda faqat Katanec qo'l ostida to'p surishgan va shu asosida jamoa shakllangan. Yoki Kapadze, balkim boshqa murabbiy, Katanec sxemasini saqlab qolishga qaror qilsa, bu tizimda raqibga tayyorlanish va o'yinni rejalashtirish uchun qay darajada bilim va tajriba bo'ladi? 


Qahramon Aslanov

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика