Kante mashg'ulotlarga qaytmoqda
09 fev 2023 20:05
Yangiliklar
Kante mashg'ulotlarga qaytmoqda
Bu London klubi uchun tarkibning kuchayishiga yordam beradi. Yarim himoya chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchi shu hafta mashg'ulotlarga qaytishi malum qilindi.
31 yoshli futbolchi o'tgan hafta shaxsiy mashg'ulotlarga qaytdi, Kantening shu hafta oxirigacha jamoadoshlari bilan to'liq mashg'ulotlarga kirishishiga umid bildirilmoqda. Futbolchi oktyabr oyida tizzasidan olgan jarohatidan keyin kichik operaciyadan o'tkazilgan edi va jamoa ustozi Grem Potter uning safga qaytishi uzog'i mart oyigacha cho'zilishi mumkinligini aytgandi.
Franciyalik futbolchi o'tgan yilning avgust oyida Tomas Tuxel hali ham "ko'klar" boshqaruvida bo'lgan paytda "Tottenxem" bilan 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekligan o'yinda shikastlanganidan buyon maydondan tashqarida edi. Oradan 179 kun o'tib nihoyat "CHelsi" bu borada xushxabar oldi. Bu bunchalik tez bo'lishi kutilmagandi. Maydon markazida muammolar etarlicha bo'lgan paytda bu klub uchun yaxshi yangilik bo'ldi.
Fikrlar