Kante jarohatidan tuzaldi va "Tottenxem"ga qarshi maydonga tusha oladi
17 sen 2021 21:27
Yangiliklar


Kante jarohatidan tuzaldi va "Tottenxem"ga qarshi maydonga tusha oladi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishicha, "aristokratlar" yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohatidan forig' bo'lgan hamda APLning 5-turi doirasida Tottenxemga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
"Kante qaytdi, u mukammal daraja hamda maydonga qaytishga shay holatda", — dedi Tuxel matbuot anjumanida.
2021/22 yilgi mavsumda Kante "CHelsi" safida 3 o'yin o'tkazdi. 30 yoshli francuz yarim himoyachisi jamoaning so'nggi ikki uchrashuvini jarohati tufayli o'tkazib yubordi.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" — "CHelsi" o'yini 18 sentyabr kuni soat 20:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar