Kante "CHelsi" ixtiyoriga qaytdi
28 mar 2021 01:36
Yangiliklar
"Sky Sports" axborotiga ko'ra, "CHelsi" tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kante Franciya termasi tarkibida jarohat oldi. 29 yoshli futbolchi Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:1) oyog'ida noqulaylik sezdi. Tekshiruvdan so'ng Kantening soni lat egani malum bo'ldi.
SHunday qilib, yarim himoyachi "CHelsi" qarorgohiga qaytdi va shu tariqa Franciyaning Qozog'iston va Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Franciyalik o'yinchi joriy mavsumda APLning 25 uchrashuvida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar