Kante "CHelsi" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
09 fev 2023 01:13
Yangiliklar
Kante "CHelsi" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
"CHelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante hozircha jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.
Jurnalist Nizar Kinsellaning yozishicha, franciyalik futbolchi rahbariyatning yana bir mavsumga uzaytirish varianti bilan ikki yillik shartnoma imzolash taklifini rad etgan.
Manbaga ko'ra, Kante 3+1 sxemasi bo'yicha yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo rahbariyat hozircha bunday bitim taklif qilishni istamayapti. Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.
Avvalroq Kantega Kataloniyaning "Barselona" klubidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar