Kannavaro istefoga chiqarildi va etika kurslarni o'tganidan keyin vazifasiga qaytishi mumkin
28 okt 2019 23:00
Yangiliklar


Kannavaro istefoga chiqarildi va etika kurslarni o'tganidan keyin vazifasiga qaytishi mumkin
Xitoyning Guanchjou Evergrand jamoasi ustozi Fabio Kannavaro nomalum muddatga istefoga chiqarildi.
Qayd etilishicha, rahbariyat Kannavaroga “Xitoy korporativ etika” kurslarini o'tashni buyurgan va shundan keyin u yana vazifasiga qaytishi mumkinligi aytilmoqda. Uning lavozimini esa vaqtincha jamoa sardori CHjen CHji egallab turadi.
46 yoshli italiyalik mutaxassis klub boshqaruviga 2017-yili kelgandi. Hozirda jamoa Xitoy Superligasining 27-turidan keyin 63 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar