Kanchelskis: "SHomurodov dovyurak, bizning pasportdagi futbolchilarga esa hech narsa kerak emas"
06 avg 2021 21:53
Yangiliklar
Kanchelskis: "SHomurodov dovyurak, bizning pasportdagi futbolchilarga esa hech narsa kerak emas"
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor SHomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Hujumchi "Rostov" safida 2017 yildan 2020 yilgacha to'p surgan.
Uning so'zlariga ko'ra, SHomurodov dovyuraklik qildi, qo'rqmasdan Genuyaga bordi va u erdan top klubga yo'l oldi. Endi u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'lgan Joze Mourinyu qo'l ostida o'ynaydi.
Kanchelskisning qo'shimcha qilishicha, rossiyalik futbolchilar uyda o'tirishadi va Rossiya pasporti tufayli hech qaerga ketishni xohlamaydi.
Fikrlar