Kanada bosh murabbiyi xorvatiyalik jurnalistlarning g'azabiga duchor bo'ldi
26 noy 2022 14:39
Yangiliklar
Kanada bosh murabbiyi xorvatiyalik jurnalistlarning g'azabiga duchor bo'ldi
"Men yigitlarga bu ularning turniri ekanligini aytdim. Kelinglar, Xorvatiyani yanchib tashlaymiz (bundan ham qo'pol so'z ishlatilgan – tahr.). Hammasi oddiy. Biz Jahon chempionatiga bir nechta ishlanmalar bilan keldik: avvalo, qo'rqmaslik kerak. Qo'rqmasdan o'ynang. SHuningdek, biz bazi rekordlarni yangilab, Jahon chempionatida birinchi golni urishimiz lozim".
Ertasi kuni Xorvatiyaning asosiy tabloidlaridan biri Sata24 Herdmanning ustidan kulgan holda kollaj qilib, "Tiling bor, lekin jinsiy azong bormi?" sarlavhasi bilan material chop etdi.
Umuman olganda, kanadalik murabbiyning beixtiyor ishlatgan iborasi xorvatiyaliklarni qattiq ranjitdi. SHubhasiz, bu holat Modrich va hamkasblariga motivaciya beradi. Ular Herdman shogirdlarini taslim qilish uchun bor kuchlarini sarflashadi.
Xorvatiya – Kanada o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar