"Kamp Nou"ning afsonaviy tribunalari buzilmoqda
11 iyu 2023 23:13
Yangiliklar
"Kamp Nou"ning afsonaviy tribunalari buzilmoqda
Kataloniyada "Barselona"ning uy stadioni hisoblanmish "Kamp Nou"ni tamirlash ishlari boshlab yuborildi.
Ayni damda texnikalar "Kamp Nou" tribunalarini buzish jarayonini o'tkazmoqda. Stadionning tepa qismi deyarli buzib bo'lingan.
Oldinroq malum qilinganidek, "Kamp Nou"ni tamirlash ishlari 2024 yil noyabr oyida yakuniga etadi. Unga qadar "Barselona" Olimpiya stadionida o'yinlarini o'tkazadi.
SHu orqali "Kamp Nou"ning sig'imi 99 mingdan 110 mingga ko'tariladi. Tamirlash ishlari uchun xarajatlar 1,45 mlrd evroni tashkil qiladi. Bu pullarni jalb qilish uchun klub 20 investor bilan ishlamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou" 1957 yili qurilgandi.
Fikrlar