So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

"Kamp Nou" Andre Gomeshni munosib qarshi oldi. Bu ham bir hikoya Yangiliklar

"Kamp Nou" Andre Gomeshni munosib qarshi oldi. Bu ham bir hikoya

Kecha tunda Evropa chempionlar ligasi doirasida "Barselona" o'z maydonida "CHelsi"ni mag'lub etdi, 3:0.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Kataloniya jamoasi azosi Serji Buskets jarohat oldi va uning o'rniga Andre Gomesh maydonga tushirildi. Bu o'zgarish odatiy tuyulgan bo'lsa-da, muxlislar uni yaxshi kutib oldi.

"Maydonda o'zimni noqulay his qilaman. Bajarayotgan ishim o'zimga yoqmaydi. Hamma narsa jahannamdagidek, chunki bosim kuchaymoqda. Oddiy bosimni yaxshi qabul qilaman, agarda bosimni o'zimga qilsam, barchasi qiyinlashib ketadi. SHuning uchun ham o'yinlar vaqtida yomon hissiyotlar meni tark etmaydi.

Mashg'ulotlarja sust va xotirjamman, sheriklarim bilan birga bo'lish juda qulay. Albatta, ayrim kunlarda o'zimni ishonchli his qilaman, bu esa sezilarli bo'lishi mumkin. Balkim oldingi muhim vaziyatlarda qilgan harakatlarim ko'z oldimga kelar. Bu esa meni oldinga qadam tashlashimga yo'l qo'ymayapti.

Ko'p bora men uydan chiqishni istamaganman. CHunki u erda meni diqqatlik bilan kuzatishadi, men esa muhokama va uyalishdan qo'rqdim. 

O'zimdagi bunday illatlarni birovlarga o'tmasligin istayman. O'sha vaziyatlarda hech kim bilan gaplashmayman, hech kimga yuk bo'lmayman, odamovi bo'lib qolaman.

SHunday fikrlar meni emirib tashlaydi. Miyamda yomon fikrlarni ko'p aylantiraman, o'ylagan ishlarimni bajara olmayman. Jamoadoshlarim menga yordam berishadi, chunki ular o'ylayotgandek ishlarim yurishmayapti", - deb intervyu berdi Gomesh.

"Barselona" muxlislari Gomeshni juda ko'p tanqid qilishdi: o'tgan mavsumda PSJdan (0:4) uchralgan mag'lubiyatda va "Atletiko" (1:0) bilan bahsda futbolchini hushtaklar bilan qarshi olishdi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика