So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  201 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Kamoliddin Tojiev: "OCHLda hujumkor va ochiq futbol namoyish etish xavfli. "Al-Rayyan" eng jiddiy raqibimiz" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "OCHLda hujumkor va ochiq futbol namoyish etish xavfli. "Al-Rayyan" eng jiddiy raqibimiz"

Osiyo Elit CHempionlar ligasi 4-tur doirasida o'tkaziladigan "Paxtakor" - "Al-Rayyan" uchrashuvidan oldin "sherlar" vakillari matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Ertaga juda qiziqarli o'yin kutib turibdi. Bundan avvalgi raqiblarimizdan eng kuchlisi "Al-Rayyan" bo'ladi deb o'ylayman. Ertaga muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishni maqsad qilganmiz", - dedi Kamoliddin Tojiev.

"Ertangi uchrashuvda borimizni berib, g'alaba uchun harakat qilamiz. Muxlislarimizni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Raqibimiz ancha jiddiy", - dedi Abdurauf Bo'riev.

- "Al-Rayyan"ni hozirgi kunda qadar to'qnash kelgan eng kuchli raqibimiz deb aytib o'tdingiz. Bunday xulosaga kelishingizga nima sabab bo'ldi? Masalan, "Al-Rayyan" musobaqa jadvalida eng quyi pog'onada va barcha uchrashuvlarda mag'lub bo'ldi. Masalan, Qatar jamoasini "Persepolis"dan ham kuchli deb o'ylaysizmi?

- Ha. "Al-Rayyan"ning hujum chizig'i tajribali va kuchli. Ularga yarimta vaziyat ham etarli bo'lishi mumkin. SHu sababli, men ertangi raqibimizni ortda qolgan uchrashuvlardagi raqiblardan jiddiyroq deb hisoblayman. 

- Ikki mavsumdan buyon "Paxtakor" o'z uy uchrashuvlarini o'zining stadionida o'tkazayotgani yo'q. Bu jamoa uchun muammo tug'dirmaydimi? Bunday holat ketma-ket ikkinchi mavsumda takrorlanayotgani g'alati.

- Yo'q. Biz o'z vatanimizda o'ynayapmiz-ku. O'z muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynayotganimiz eng muhimi. Stadionning katta ahamiyati yo'q, muhimi biz O'zbekistonda o'ynayapmiz.


Abdurauf Bo'rievga

- Kichik jarohatdan so'ng yana maydonga qaytdingiz. Mavsum oxirlab qolgan vaqtida yana maydonga qaytish qiyin emasmi? Ustiga-ustak, xalqaro maydondagi raqiblarning darajasi ancha jiddiy.

- Jarohatdan tiklanish uchun ko'p vaqt ketgani yo'q. Taxminan 10 kun mashg'ulotlarda ishtirok etmadim, xolos. Dastlabki uchrashuvlarda biroz noqulaylik sezildi va jismoniy jihatdan qiyinchiliklar bo'ldi. Hozir barchasi yaxshi. To'g'ri, OCHLda raqiblar darajasi ancha yuqoriroq bo'ladi, ammo men Olimpiya terma jamoasi tarkibida xalqaro maydonda etarlicha tajriba orttirdim deb o'ylayman.

Abdurauf Bo'rievga

- "Paxtakor" jamoasi mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. CHempionlik boy berildi va Kubok musobaqasidagi ishtirok erta yakunlandi. Barcha sovrinlar boy berilganidan so'ng jamoaning kayfiyati qanday?

- Kayfiyat alo. Kubokda biz yarim finalga qadar etib bordik va bu unchalik yomon natija deb o'ylamayman. Superligada chempionlikni boy bergan bo'lishimiz mumkin, ammo oldimizda Osiyo chempionlar ligasi bor. Ushbu musobaqada maksimal yaxshi natija qayd etishga intilamiz.


- "Paxtakor" Eron va Iroqqa qilgan safarlarida asosan ikkinchi raqam bo'lib o'ynadi. "Al-SHorta" bosh murabbiyi ham "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng biz g'alabaga yaqinroq edik. Biz ko'proq vaziyatlar yaratdik, deb aytib o'tdi. Ertaga jamoa o'z uyida va muxlislar qarshisida o'ynaydi. Ertangi uchrashuvda ham "Paxtakor" ehtiyotkorlik bilan o'ynaydimi yoki mezbon bo'lganingiz uchun hujumkor futbol ko'rishimiz mumkinmi?

- CHempionlar ligasida raqibga ochiq futbol taklif qilish juda xavfli. Raqibimiz jiddiy ekanligi haqida takidlab o'tdim. Ularga qarshilik ko'rsatish oson kechmaydi, ammo biz ertaga eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishni maqsad qilganmiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика