So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Kamoliddin Tojiev: "Natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Natijadan qoniqdim"

Coca Cola Superligasi 11-turida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiev fikrlarini bildirdi.


- Barchaga salom. 5 kun ichida ikkita kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Bugun teng o'yin bo'ldi. Oxirida yutib ketishimiz ham mumkin edi. Yigitlarning emociyalari "Navbahor" bilan o'yinda qolib ketdi. Ketma-ket ikki safar o'yinida o'ynadik. SHu sababli o'yin oxirrog'ida charchab qolishdi. Umuman olganda teng o'yin bo'ldi.

- Bu o'yinning kechiktirilishi sababli "Paxtakor"da etakchilarning yo'qligi bo'lgandi. Bugun ham CHeran o'ynay olmay qoldi.

- 3ta sariq kartochkasi bor edi, o'tgan o'yinda to'rtinchisini ham oldi. Bu futbol. O'shanda futbolchilarimizning katta qismi termalarda bo'lgani uchun o'yin qoldirilgandi. O'sha paytda zaxiramiz ham kam edi. SHu sababli o'yinni qoldirgandik.

- Uchrashuv oxirida himoyachi o'rniga hujumchi tushdi. Buning sababi nimada?

- SHahzodning jarohati bor edi. Uni oldik va Odilni (Hamrobekov) himoyada o'ynatdik.

- Ikki jamoaning navbatdagi o'yini Superkubokda bo'ladi. SHu sababli jamoalar yopiq o'yin ko'rsatishdimi?

- Yo'q, yopiq o'yin bo'lmadi. Bizning 19 avgustda ham o'yinimiz bor. Ammo biz tomondan yopiq o'yin bo'lmadi.

- Boshqacharoq qilib aytganda, ikki tomon ham extiyotkor bo'lib o'ynadi.

- "Nasaf" ham kuchli jamoa. Ular qarshi hujumga ham tez chiqishadi. Hamma bu erda gol o'tkazib yuborishdan qo'rqadi. SHu sababli ikki tomon ham ehtiyotkor bo'lib o'ynadi.

- Bugungi natija "Paxtakor"ni qoniqtiradimi?

- O'yinning jarayonini hisobga olsak, qoniqtiradi. Aslida bu erga g'alaba uchun kelgandik. "Paxtakor" doimo g'alaba uchun maydonga tushadi.

- So'nggi o'yinlarda "Paxtakor"da o'sishni ko'rib turibmiz. Ammo jamoaning hujumida muammolar bor. Banashak vaziyatlaridan foydalana olmayapti. Xoldorxonovga esa kam imkoniyat berilmoqda.

- Banashak ham bir yildan ko'proq o'yinlarda qatnashmadi. Hozir u o'z jismoniy holatini tiklash uchun mehnat qilmoqda. Po'latxo'jaga ham sekin-sekin ko'proq vaqt berishni boshlaymiz.

- Yangi kelgan legionerning holati qanday?

- U jarohat olgan. Metyu ham "Navbahor" bilan o'yinda jarohat orttirib olgan. 

- Azmiddinovning jarohati haqida. Bu "Paxtakor"da himoyachilar etishmovchiligini keltirib chiqarmaydimi?

- Oyog'i sal tortishib qoldi. Jarohati unchalik jiddiy emas. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика