So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  1 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Kamoliddin Tojiev: "Dragan CHeran bu mavsumda ham to'purar bo'lmoqchi. Maksim SHackix bilan maslahatlashib turibman" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Dragan CHeran bu mavsumda ham to'purar bo'lmoqchi. Maksim SHackix bilan maslahatlashib turibman"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (4:2) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun muxlislarga maqul keladigan o'yin bo'ldi. O'tkazib yuborgan gollarimizni o'zimizning xatolarimiz tufayli o'tkazib yubordik. "Dinamo" juda yaxshi shakllangan jamoa va tezkor hujum chizig'iga ega. SHu sababli bugun ikki jamoa ham qiziqarli futbol namoyish etdi", - dedi Kamoliddin Tojiev.

- Dragan CHeran so'nggi uchta uchrashuvda 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Bunga qadar Dragan yorqin o'yin namoyish etmayotgandi. Bunga sabab nima? Balki siz CHeranni yaxshi mashg'ulot qildirayotgandaysiz yoki Dragan CHeranning bosh murabbiy Maksim SHackix bilan bo'lgan munosabatlari yaxshi emas edimi?

- Mashg'ulotlarda ko'proq improvizaciya qilishga imkoniyat beryapmiz. Futbolchi butun mavsum davomida barqaror o'yin namoyish etishi ilojsiz. Futbolchilar bilan birgalikda muammolarni engib o'tishga harakat qilyapmiz. CHeran joriy mavsum ham eng yaxshi to'purar bo'lmoqchi, shu sababli ko'p gollar urmoqda.

- Bugungi uchrashuvni Abdurauf Bo'riev, Doniyor Abdumannopov va Ibrohim Ibragimovlar o'tkazib yuborishdi. Buning sababi nimada?

- Ibragimovning nervlari shamollagan edi. U ikki haftadan buyon davolanmoqda. Bo'rievning qo'lidan jarohat oldi. Aniqrog'i, suyagi dars ketdi. Abdumannopovning oyog'i to'rt kundan buyon og'riyapti. U jamoa bilan shug'ullanmoqda, ammo hali maydonga tushishga tayyor emas.

- Jamoani vaqtinchalik siz boshqaryapsiz. Bosh murabbiy vazifasini bajarish qanchalik qiyin ekan? Maksim SHackix bilan aloqadamisiz? Maksim Aleksandrovich jamoaga maslahat berib turibdimi?

- Men hech qachon bosh murabbiy rolida ishlab ko'rmaganman. Qiyinchiliklari bor, albatta. Maksim SHackix bilan maslahatlashib turibman, bu siz iloji yo'q.

- "Persepolis"ga qarshi o'yin haqida batafsilroq to'xtalib o'tsangiz?

- Eron safariga borishdan oldin raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik. 40-soniyada o'tkazib yuborgan golimiz omadsizlik edi. Ikkinchi bo'limda ancha yaxshi o'ynadik. Raqibga ochiq zonalar qoldirmadik. "Persepolis" Oston orqali qanotdan hujum qilishga harakat qildi, ammo biz qanotlardagi xavfni bartaraf etdik. Umuman olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik.

- Jamoa atrofida turli xil gap-so'zlar yuribdi. Bunday qiyin vaziyatda jamoadagi ichki muhit qanday? Kiyinish xonasidagi atmosfera haqida aytib o'tsangiz?

- Ichki muhit alo darajada. Futbolchilar juda ahil. Biz bir jamoamiz. 





Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика