Kamoliddin Murzoev: SHaxtyorga o'tish – oldinga tashlangan qadam
17 mar 2014 08:42
Yangiliklar
Kamoliddin Murzoev: SHaxtyorga o'tish – oldinga tashlangan qadam
Bunyodkor va Nasaf jamoalarining sobiq hujumchisi Kamoliddin Murzoev yangi mavsumni SHaxtyor (Qarag'anda)da boshlashi haqida xabar bergan edik.
O'tgan mavsumni Qozog'istonning boshqa bir jamoasi - Irtish safida o'tkazgan Murzoev konchilar bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Kamoliddin yangi jamoasida yolg'izlanib qolmaydi: yana bir hamyurtimiz SHavkat Salomov ham SHaxtyor sharafini himoya qiladi. O'tgan hafta oxirida SHaxtyor rahbariyati mavsumlar oralig'ida tarkibga qo'shib olingan yangi futbolchilar taqdimotini o'tkazdi. Biz marosimdan so'ng Kamoliddin bilan bog'lanib, bafurja suhbatlashdik.
- Kamoliddin, Irtishdan ketishingizga klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammo sabab bo'ldi, chog'i...
- Buni asosiy sabab sifatida ko'rsatolmayman. SHunchaki, Viktor Kumikovning chorloviga yo'q, deyolmadim. Qolaversa, bu o'zim uchun juda yaxshi taklif edi. Zero, SHaxtyor o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoa. Qisqasi, qaror qabul qilishda ikkilanganim yo'q. SHaxtyorga o'tish - men uchun oldinga tashlangan qadam bo'ldi.
- Irtishda murabbiylar almashgani ham qaroringizga tasir o'tkazgandir?
- Aslida qarag'andaliklar safiga shu yilning boshidayoq qo'shilishim mumkin edi. Lekin o'tgan mavsum oxirida Irtishda qolishim borasida bosh murabbiy bilan og'zaki kelishib qo'yganim uchun Pavlodardan ketolmayotgandim. Natijada yil boshidan o'z jamoam tarkibida mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgandim. Biroq kutilmaganda, Talgat Baysufinov Irtishdan ketishi haqida aytib qoldi. Bu nafaqat men, balki jamoaning boshqa azolari uchun ham kutilmagan hol bo'ldi. Murabbiy klubni tark etgach, o'z-o'zidan SHaxtyor varianti haqida o'ylay boshladim. Bosh murabbiyning ketishidan tashqari, jamoada yana bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. SHu orada SHaxtyordan yana chorlov bo'ldi va taklifni qabul qildim.
- Salomovning SHaxtyorga o'tishi qanday ro'y berdi?
- SHaxtyorda legionerlar uchun 2ta bo'sh o'rin bor ekan. Murabbiylar shtabi bu joyda ikkimizni ko'rishni istadi. Yodingizda bo'lsa, 2010 yilgi mavsumda biz Nasafda aynan Viktor Kumikov qo'l ostida birga o'ynagandik.
- Irtishning sizlardan o'tgan mavsum uchun qarzi qolmadimi?
- Deyarli qarzi yo'q. Klub rahbariyati futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirdi.
- SHaxtyor ancha kuchli va har tomonlama professional klub hisoblanadi. Qarag'andadagi ilk taassurotlaringiz qanday?
- Juda yaxshi. Mana, 2 kun avval shahar hokimi muxlislar bilan uchrashdi, ulkan savdo markazida mavsumlar oralig'ida tarkibga qo'shib olingan yangi futbolchilar rasman tanishtirildi. Bu marosimlar yuqori saviyada o'tdi.
- Klub bazasi, jamoaning uy stadioni haqida nima deya olasiz?
- Ochig'i, hali klub bazasi va stadioniga borganimiz yo'q. Taqdimot marosimidan so'ng Ostona shahriga keldik va hozir shu erda, Astana Arena stadionida shug'ullanyapmiz.
- Alohida uy berishdimi yoki klub bazasida yashaysizlar?
- Hozircha bazada yashasak kerak. Kunlar isiganidan so'ng oilamizni ham olib kelishni rejalashtirganmiz. O'shanda uy ajratishadi, albatta.
- Yangi jamoangizdagi futbolchilar bilan yaqindan tanishib oldingizmi? Ichki muhit qanday?
- Ancha yaxshi. Futbolchilar ochiq chehra bilan kutib olishdi. O'tgan yili ular bilan maydonda to'qnash kelganmiz. Qisqasi, tanish chehralar.
- Rahbariyat klub oldiga aniq vazifalar qo'ydimi?
- SHubhasiz, vazifalar juda yuqori. SHaxtyor barcha musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishi kerak. Yani maqsad - Qozog'iston chempionati va mamlakat kubogida zafar quchish. Malumki, o'tgan yili SHaxtyor Evropa CHLda ajo-yib mavsumni o'tkazdi. So'nggi saralash raundida hatto Seltikni 2:0 hisobida mag'lub etib, yaxshigina shov-shuv ko'targandi. Agar glazgoliklar to'sig'idan o'tib olganida, guruh bosqichida Barselona, Milan va Ayaks bilan o'ynardi. Keyin Evropa Ligasi guruh bosqichida ishtirok etdi. Bu yil ham vazifalar jiddiy.
- O'zingiz uchun 27-raqamni tanlabsiz. Bu nimanidir anglatadimi?
- Ko'nglimga yaqin raqamlar band ekan. Yaqinda 27 yoshga to'ldim va shuning uchun aynan 27ni tanladim. Bu raqam bilan bog'liq hech qanday voqea yo'q. SHunchaki, yoshimga moslab oldim.
- SHaxtyor hujum chizig'ida raqobat juda kuchli. Asosiy tarkibdan joy olish uchun jiddiy kurash kechishini taxmin qilish qiyin emas. Taklifga rozilik berayotganingizda, shu haqda ham o'yladingizmi?
- Albatta. Birinchi navbatda, shuni o'yladim. Endi har bir sohada raqobatsiz o'sish bo'lmaydi. Imkon qadar mehnat qilib, asosiy tarkibga kirishga harakat qilaman.
- Bu borada asosiy raqobatchilaringiz kimlar? O'tgan yilgi asosiy tarkib hujumchilarimi?
- O'tgan yilgi hujumchilardan birgina Roman Murtazoev qolgan. Yaqinda Topchagich degan futbolchi bilan shartnoma imzolandi. SHuningdek, yana ikki nafar mahalliy yosh hujumchi bor.
- Qozog'iston chempionatida texnikadan ko'ra, yakkama-yakka kurashlarga etibor katta. Bunday futbolga ko'nikib qoldingizmi?
- To'g'ri aytdingiz, bu erda har bir o'yin kurashlarga boy o'tadi. Maydonning har bir qarich eri uchun kurash kechadi. 90 daqiqa bir maromda o'ynash uchun yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lish kerak. Mashg'ulotlarda ham asosiy etibor aynan jismoniy mashqlarga qaratiladi.
- To'purarlik mahoratingizni namoyish etish fursati etib keldi, deb o'ylaymiz...
- Meni ham shu narsa tinch qo'ymayapti. Bu haqda juda ko'p o'ylayman. Bu yil jamoam uchun imkon qadar ko'proq va kerakli gollar urishga harakat qilaman. Afsuski, surunkali jarohatlar o'tgan 2 yil davomida bunga imkon bermadi. O'ylaymanki, endi boshqacha bo'ladi.
- SHu orqali terma jamoa murabbiylari etiboriga ham tushishingiz mumkin...
- Albatta, terma jamoaga qaytish men uchun juda muhim. O'zi har bir futbolchi uchun eng yuqori marra - bu terma jamoa libosida maydonga tushish.
- Milliy jamoamizning BAA termasiga qarshi o'tkazgan o'yini haqida qanday fikrdasiz?
- Ko'rinib turibdiki, BAA jamoasi o'tgan yillar bilan taqqoslaganda, ancha kuchayibdi. O'yindan oldin va keyin o'tkazilgan matbuot anjumanlarida murabbiylar tomonidan bildirilgan fikrlarni o'qidim. Bizning yigitlarga g'alaba qozonish uchun 2ta narsa etishmadi. Birinchidan, sifatsiz maydon, ikkinchidan, mavsumning hali boshlanmagani pand berdi. Bunday maydonda tezkor o'yin namoyish etishning imkoni yo'q. Ko'proq jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Muhimi, terma jamoamiz Osiyo kubogi-2015 final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Endi qita chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish kerak.
- O'tgan mavsumdagi faoliyatingizni oddiy muxlis sifatida qanday baholaysiz?
- Ochig'ini aytsam, hammasi men uchun yaxshi boshlangandi. Birin-ketin gollar urayotgandim. Afsuski, kutilmagam jarohat barchasini barbod qildi.
- Viktor Kumikov bilan bafurja gaplashdingizmi? U sizga qanday maslahat yoki tavsiyalar berdi?
- Viktor Balyutovich avvalo, imkon qadar tezroq jamoa o'yiniga kirishib ketishimni tiladi. Buning uchun mashg'ulotlarda ko'p ter to'kishim va mehnat qilishim kerakligini aytdi.
- O'zbekiston chempionatini yana chetdan kuzatasiz. Milliy birinchiligimiz saviyasi avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, oshishiga ishonyapsizmi?
- Yildan yilga o'zgarishlar bo'lyapti. Bunga misol tariqasida bu yil qator jamoalarimizning xorijda yig'in tashkil etganlarini aytish mumkin. SHu paytgacha 3-4ta klubimiz BAA yoki Turkiyaga borardi. Endi esa etakchilar safiga Metallurg, Olmaliq, Neftchi jamoalari ham qo'shilishdi.
- Sizningcha, yangi mavsumda qaysi jamoa chempion bo'ladi?
- CHempionlik uchun kurash yanada qizg'in kechsa kerak. O'tgan mavsum 3ta jamoa oxirgi turgacha chempionlik uchun kurash olib borgandi. Bu yil esa Bunyodkor, Paxtakor, Lokomotiv, Nasaf jamoalari yanada jiddiy raqobat olib borishadi, chamamda. SHuningdek, Olmaliq ham bor. Igor SHkvirin jamoasi mavsum kashfiyoti bo'lishi mumkin.
- O'zbekiston oliy ligasi va Qozog'iston premer-ligasini juda ko'p taqqoslashadi. Faqat so'nggi yilni olsak, sizga qaysi chempionat kuchliroq ko'rindi?
- Menimcha, 2ta turli birinchilikni taqqoslash noo'rin. Har ikki chempionatning o'z yo'nalishi va maqsadlari bor. SHunga yarasha kuchli va zaif jihatlari ham yo'q emas.
- Mashg'ulotlardagi farqni tasvirlab bera olasizmi?
- Viktor Kumikov mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlik va standart vaziyatlarga etibor qaratadi. Futbolchilardan katta kuch va etibor talab qilinadi. Bunday mashg'ulotlardan ko'zlangan asosiy maqsad - futbolchining 90 daqiqa davomida bir maromda o'yin namoyish etishini taminlash. Bizdagi mashg'ulotlarda esa murabbiylar ko'proq to'pni nazorat qilish, u bilan muomalada bo'lishga urg'u berishadi. Buning uchun kvadratda ko'p o'ynaladi.
- Vaqtida dunyoga mashhur murabbiy Skolari qo'l ostida ham shug'ullangansiz. SHundan kelib chiqsak, yangi jamoangizdagi mashg'ulotlar qiyinchilik tug'dirmayotgan bo'lsa kerak...
- SHunday desa ham bo'ladi. Dunyo darajasidagi murabbiy qo'l ostida ozmi-ko'p o'ynaganimdan xursandman. Qolaversa, Rivaldo bilan elkama-elka to'p surdim. Bu men uchun katta baxt. O'sha tarkibda yana Server Jeparov, Temur Kapadze singari milliy jamoamizning etakchi futbolchilari o'ynashardi. 2009 yilgi mavsumning 1-davrasini Nasafda o'tkazgandim. O'shanda 14ta o'yinda 7ta gol urganman. O'yinlarimni kuzatib borgan Skolari meni Bunyodkorga taklif qilgan. Ammo yangi jamoa safidagi o'yinlarim muvaffaqiyatli chiqmadi. 5ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta gol urolmadim. SHundan keyin 2010 yilgi mavsumni yana Nasafda boshladim. Bir yil to'liq o'ynaganimdan so'ng yana Bunyodkorga chaqirishdi. To'g'ri, o'shanda jamoa bilan birga mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritdim. Lekin shaxsiy ko'rsatkichlarim bilan maqtanolmayman.
- Baqoev rasman Irtishda qoldimi? U bilan yaqin orada gaplashdingizmi?
- Ulug'bek bilan ijtimoiy tarmoq orqali kunora yozishib turibmiz. Sobiq jamoam yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rmoqda. Baqoev ham pavlodarliklar safida shug'ullanyapti. U jamoada qoldi va yangi mavsumni ham Irtish tarkibida boshlaydi.
- Evropa futbolidan ham boxabar bo'lib boryapsizmi?
- Albatta. Kasbimiz futbol bo'lganidan keyin busiz iloji yo'q. Lekin ko'p o'yin ko'rishga vaqt etishmaydi. SHaxtyorda kun tartibiga katta etibor qaratilar ekan. Vaqtida uxlash, dam olish kerak. SHu bois imkon darajasida muhim va qiziqarli o'yinlarni ko'ryapman, xolos. ECHL va EL o'yinlarini tomosha qildim. SHuningdek, Ispaniya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini ko'rdim.
- O'zi qaysi jamoalarga muxlislik qilasiz?
- Real va Manchester Yunaytedga. Lekin fanatlik darajasida emas. SHuningdek, Londonning ikki jamoasi - Arsenal va CHelsi ishtirokidagi o'yinlarga ham befarq emasman. Umuman olganda, menga Angliya futboli maqul.
- Realning ishlari yomon emas. Lekin Manchester Yunayted jamoasi o'ziga umuman o'xshamayapti. Aleks Fergyusonning bosh murabbiylik vakolatini topshirishi jamoa natijalariga shunchalik tasir qildimikan...?
- SHubhasiz. Fergyuson katta shaxs. U MYU uchun afsona. To'g'ri, Devid Moyesni o'zi tavsiya qildi. Ammo shotlandiyalik bilan shotlandiyalikning farqi bor ekan. Ehtimol, Moyesga ham vaqt berish kerakdir. Lekin boshqa tomondan, qizil iblislar bu yil evrokuboklardan mahrum bo'lib qolishlari mumkin. Mana, klub hattoki, o'z maydonida o'rtamiyona raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ymoqda. Tarkib esa deyarli o'zgargani yo'q - Fergyuson tuzgan jamoa hamon o'ynayapti. Demak, hamma gap bosh murabbiyda...
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar