Kamoliddin Murzoev: "Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladim, lekin..."
18 jan 2016 10:56
Yangiliklar


Kamoliddin Murzoev: "Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladim, lekin..."
Nihoyat, futbolchi PKNS FC klubi bilan shartnoma imzolagani rasman tasdiqladi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.
"Haqiqatdan ham, Mlayziyaning PKNS FC klubi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim. Biroq negadir shartnoma tuzganimdan so'ng futbol agentlaridan biri klub bosh murabbiyi va futbolchilar bilan uchrashib, ularga meni yomonlagan. Alam qiladigani, u ham, men ham o'zbekmiz. Klubdagi futbolchilar mendan ikkalangiz o'zbek bo'lsangiz, nega seni yomonlaydi, deb so'rashdi. Menimcha, bu agent o'z futbolchilarini Malayziya klublariga o'tkazmoqchi bo'layotgandir, bunisi menga qorong'u. Bilishimcha, Lutfulla To'raev ham "Felda" bilan shartnoma tuzishdan oldin xuddi shunday holatga duch kelgan. Aynan shu agent To'raevni ham klub rahbariyatiga bo'lmaydigan futbolchini olyapsizlar, deb SMS ko'rinishida xabar jo'natgan. Lutfullada ana shu SMS saqlanib qolgan. To'g'risi, bunday bo'lishini umuman kutmagan edim", - dedi Kamoliddin Murzoev bizga bergan intervsida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar