Kamoliddin Murzoev: "Maydonga tushmaganimga jarohat sabab emas"
20 jan 2014 14:15
Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Maydonga tushmaganimga jarohat sabab emas"
Qozog'istonning "Irtish" klubi 18 yanvar kuni Turkiyadagi yig'in doirasida mahalliy "Sarier" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazgandi.
O'sha o'yinda Ulug'bek Baqoev va SHavkat Salomov maydonga tushishdi. Pavlodarliklar safidagi uchinchi vakilimiz Kamoliddin Murzoev uchrashuvda ishtirok etmagandi. Buning sababini bilish maqsadida hujumchining o'zi bilan bog'landik.
"Turkiyadagi yig'in samarali kechmoqda. "Sarier"ga qarshi bahsda biroz charchoq tufayli qatnashmadim. Hech qanday jarohatim yo'q. Murabbiylar nazorat o'yini bo'lgani uchun boshqa futbolchilarga imkon berishdi. 21 yanvar kuni Rossiyaning "Nefteximik" klubiga qarshi o'yin bilan Turkiyadagi yig'in tugaydi", - deydi Kamoliddin Murzoev "SA"ga bergan intervyusida.

Fikrlar