So’nggi yangiliklar

14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  0 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   11 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  18 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  8 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  17 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  12 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  4

Kamoliddin Murzoev: "Dinamo"ga o'tib adashmadim" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Dinamo"ga o'tib adashmadim"

Ikkinchi davrani Samarqandning Dinamo jamoasida boshlagan hujumchi Kamoliddin Murzoev qisqa fursat ichida ko'hna shahar jamoasining etakchisiga aylanib oldi.

28 yoshli hujumchi o'z gollari bilan Dinamoni Oliy Ligada olib qolishga intilmoqda. Yaqinda futbolchi klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Kamoliddin, Dinamoga o'tishingizdan so'ng faoliyatingizda o'sish sezilmoqda. Dastlab samarqandlik muxlislar sizni tengsiz deb topishdi, so'nggi oyda esa mamlakatimizda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Pastki o'rindagi jamoa safida bunday yutuqlarga erishish oson bo'lmasa kerak?


- CHindan ham Dinamo safidagi faoliyatimdan ko'nglim to'layapti. Bunda jamoadagi do'stlarim, samarqandlik muxlislarning hissasi katta. Aynan ularning qo'llab-quvvatlashlari tufayli bugungi natijalarga erishayapman. Eng asosiysi gollarim jamoaga foyda keltirsa bo'ldi. Dastlab samarqandlik muxlislar tomonidan eng yaxshi futbolchi deb topilganimni xursandchilik bilan qabul qildim, ko'p o'tmay esa OAV tomonidan Oy futbolchisi nominaciyasida g'olib bo'lishimni kutmagandim. Boshqa kasblarda bo'lgani kabi futbolchi ham mehnatining munosib baholanayotganligini sezib tursa, bu albatta juda katta kuch beradi. Ayniqsa, chempionlik uchun kurashayotgan emas, ligada qolish uchun intilayotgan jamoa safida bunday yutuqqa erishganim bu faqat mening emas, butun jamoamning yutug'i.

- Bunday etirofga faoliyatingizda oldin ham erishganmisiz?


- Yo'q, ilk marotaba Oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildim.


- SHu o'rinda Dinamoga o'tishingiz haqida gapirsangiz. Jamoaga kelishingiz so'nggi pallada amalga oshgandi, bu nima bilan bog'liq edi?

- O'tgan mavsum Qozog'istondan qaytgach, Olmaliq jamoasi o'z oldiga OCHLga chiqishni maqsad qilgani uchun ushbu klub safiga qo'shilgandim. Ammo birinchi davrada o'zim kutganimdek o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim va ikkinchi davrada jamoani tark etishga qaror qilgandim. Davralar oralig'ida esa Dinamodan taklif tushdi. Olmaliq murabbiyi Igor SHkviringa Dinamoga o'tishim borasida tushuntirdim va yakunda ikkinchi davra uchun zayavka muddatining so'nggi kunida Dinamoga o'tdim.

- Jamoaga kelishingizga sobiq jamoadoshlaringiz Ilhom Yunusov va Artyom Filiposyanning ham Dinamoda ekanligi sabab bo'ldimi?


- Jamoada bir qator futbolchi do'stlarim Artyom Filiposyan, Ilhom Yunusov, Dilshod SHarofutdinov, Akmal Bozorovlar ham borligi ham takliflar orasidan Dinamoni tanlashimga sabab bo'ldi.

- Samarqanddagi faoliyatingizdan dastlabki taassurotlar qanday bo'ldi…


- Albatta, ijobiy. Samarqand - qadimiy va go'zal shahar. Dinamo stadioni esa mamlakatimizning eng ko'rkam o'yingohlaridar biri sanaladi. Maydon sifati borasida esa etakchilardan biri bo'lsa ajabmas. Jamoa muxlislari esa yurtimizdagi eng jonkuyar ishqibozlardan. Samarqandning yana bir jihati, mag'lub bo'lgan o'yinlardan keyin kayfiyatim tushib ketsa, shahar aylanishga chiqaman, Registondek ajoyib maskanga, ziyoratgohlarga borib kelganimdan so'ng barcha muammolar unutilib, yaxshi kayfiyatda qaytaman.

- Co'nggi o'yinlarni golsiz tark etmayapsiz. Jamoaning to'purariga aylandingiz. Bu omadmi yoki individual mahorat?


- Birinchi navbatda mehnat, keyin esa omad kerak. Jamoaning qo'llab-quvvatlashi esa juda muhim. Olmaliqda o'zimni unchalik ko'rsata olmaganim sababli bu safar menda ishtiyoq va xohish juda katta edi. Qolaversa jamoadagi yigitlar bilan tanish ekanligim bois, kirishib ketishim oson bo'ldi.

- Neftchi bilan o'yinda gol urganigizda ketma-ket 5 gol bilan Oliy Ligada rekord o'rnatardingiz. Penalti noaniqligi bosim bilan bog'liqmidi?


- O'sha kuni faqat g'alabani ko'zlagan edik. O'yindan oldin o'g'il farzandli bo'lganim, qolaversa rekord natija bo'lishini bilganim bois penaltini tepishni maqsad qildim. Afsuski, zarba berayotganimda darvozabonni aldagan bo'lsamda, to'p noaniq ketdi. Ikkinchi bo'limda xatoimni to'g'irlashga intildim, ammo Neftchi posboni CHeremisin bunga yo'l qo'ymadi. CHeremisin bugungi kunda Oliy Ligada eng kuchli legioner darvozabon bo'lsa kerak. O'yindan keyin yigitlardan uzr so'radim. Bu bosim emas, omadsizlik edi.


- Bunyodkor bilan bahsda sizning golingiz tufayli Dinamo 8 yilda ilk bor Samarqandda Bunyodkordan ochko oldi. SHu kuni jamoaga g'alaba uchun nima etishmadi, sizningcha?

- O'yin boshida gol urganimdan keyin g'alaba qozonishimizga ishongandim. Ammo, ikkinchi bo'limda himoyaga ko'proq etibor berdik. Natijada g'alabani qo'ldan boy berdik. Bunyodkor ham Jizzaxdagi final oldidan ochko yo'qotmaslik uchun yaxshi o'ynadi.

- Nasaf bilan bahsda ham shunday holat takrorlandi…


- CHindan ham, Nasaf darvozasini ishg'ol etganimdan so'ng g'alaba qozonishimizga ishongandim. Ammo bu safar ham so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. Mashalga qarshi ham hisobda oldinga chiqib, so'ng mag'lub bo'ldik. Paxtakor bilan o'yinda esa xatolar uchun jazolandik. Jamoamiz tarkib borasida kuchli, ammo o'yin shakllanishi uchun 1-2 oy juda kam.

- Nasaf, Bunyodkor, Olmaliqdan so'ng Dinamoga o'tishni ortga tashlangan qadam deb hisoblamaysizmi?


- Yo'q, aslo. Hayotda gohida ikki qadam oldinga yurish uchun bir qadam ortga yurishingizga to'g'ri keladi. Dinamoga o'tishim yanada o'sib, ikki qadam oldinga yurish uchun qo'yilgan qadam. Bugungi natijalarimdan kelib chiqib aytsam, Dinamoga o'tib adashmadim. Bundan hech qachon afsuslanmayman. Samarqandda yanada kuchli futbolchi bo'layotganligimni sezayapman.

- Dinamoda ko'rsatayotgan natijalaringizni so'nggi besh yillikda boshqa klublarda ko'rsata olmagansiz. Aynan ushbu mavsumni siz uchun eng omadli mavsum desa bo'ladimi?


- Fikringizga qo'shilaman. Oldingi jamoalarimda bir davraning o'zida bunday natijaga erisha olmaganman. To'g'ri, oldingi jamoalarim bilan chempionlikka erishganman, kubok sohibiga aylanganmiz, ammo shaxsiy natijam bunday bo'lmagan. SHu bois ikkinchi davrani faoliyatimdagi eng omadlisi desam bo'ladi.

- Birinchi davraning so'nggi 15-turida Olmaliq safida Dinamoga qarshi maydonga tushib gol urgan edingiz. O'sha birinchi davradagi Dinamo bilan bugungi jamoada qanday farqlarni ko'rayapsiz?


- Yodimda, o'shanda jamoa safi nisbatan tajribasiz edi. Bugunga kelib esa jamoada tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ayniqsa, mahalliy yigitlarga etibor kuchaygan.

- Oldingi yillar sovrinlar uchun kurashayotgan klublarda to'p surgansiz. Hozir esa ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga yordam berayapsiz. Maqsad borasida qanday jamoada to'p surish qiyinroq ekan?


- Oson ishning o'zi yo'q. Misol uchun chempionlik uchun kurashayotgan jamoada barqarorlik juda muhim. Hamma har o'yinda faqat g'alabani ko'zlab, undan boshqa natijaga rozi bo'lmaydi. Jamoa tarkibi va maqsadi ham shunga yarasha bo'ladi. Bugun sen gol ura olmasang, sening o'rningda boshqa etakchi g'alabani taminlaydi. Har o'yinda ochko olib, muvaffaqiyatdan kayfiyat yaxshi bo'ladi. Ligada qolish uchun kurashayotgan jamoada esa barqarorlik kuzatilishi qiyin. Bir o'yinda g'alabaga erishsak, keyingisida bu natijani takrorlash qiyin bo'ladi. Misol uchun, so'nggi to'rt o'yinda Bunyodkor, Mashal, Paxtakor va Nasafga qarshi bahslarda faqat Toshkentda amaldagi chempionga o'yinni to'la boy berdik. Bunyodkor, Nasaf, safarda Mashal bilan o'yinlarda esa g'alaba qozona turib, ochkolarni boy berib, 4 o'yinda bor yo'g'i 2 ochko qo'lga kiritdik. Mehnatning samarasini ko'rmaslik ruhiy holatga yomon tasir qiladi.

- O'tgan mavsum Qozog'istonda legioner sifatida to'p surdingiz. Qo'shni mamlakat chempionatiga o'tishingizni xatolik deb hisoblaysizmi? Har holda u erda ikki klubda bor yo'g'i 2 ta gol urdingiz…


- Qo'shni mamlakat futbolida o'zimni ko'rsata olmaganligimning asosiy sababi jarohatlar bilan bog'liq. Dastlab Irtishda o'zimni ko'rsatayotgan edim, Evropa Ligasi saralash bosqichida to'p surib gollar urdim. Ammo keyinchalik jarohatlar girdobiga tushdim. Qovurg'amdan jiddiy jarohat olib juda ko'p vaqtni yo'qotdim. So'ng Viktor Kumikov SHaxtyorga taklif etdi. SHavkat Salomov bilan birga Turkiyada mavsum oldi tabiiy maydonlarda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ostonaga kelgach, Astana Arenadagi suniy qoplamali maydonda dastlabki mashg'ulotlar paytida oyog'imdan jarohat oldim. O'shanda oldimizda Superkubok bahslari borligi bois, murabbiylar ukol bilan to'p surishimni so'rashdi. 3-4 uchrashuvda ukol olib maydonga tushishim, jarohatim yanada og'irlashishiga sabab bo'ldi. Natijada ko'p vaqtni davolanish bilan o'tkazib, asosiy tarkibdan chetda qoldim. U erdagi faoliyatimni xatolik deb hisoblamayman. Bu menga katta tajriba maktabi bo'ldi. Har holda Evropa futboli turnirlarida to'p surishga muyassar bo'ldim. SHukrki, bugunga kelib bu qiyinchiliklarni engib o'tdim.

- Hozirda eng sermahsul hujumchilarimizdan birisiz. Terma jamoadan taklif kutayotgan bo'lsangiz kerak?


- Har qanday futbolchi vatan jamoasi sharafini himoya qilishni istaydi. SHular qatori men ham har doim milliy terma jamoaga yordam berishga tayyorman. Dinamodagi gollarim bilan termadan taklif olish niyatidaman. Bugungi kunda terma jamoada ajoyib jamoa yig'ilgan. Falabali natijalar ham buni ko'rsatib turibdi.

- Oliy Ligada mavsum tobora yakuniga yaqinlashmoqda. Eng yaxshi futbolchilarni tanlash imkoniyati bo'lganda kimlarga ovoz berardingiz?


- Joriy mavsumda bunday o'yinchilar juda ko'p. Misol uchun Lokomotivda Jasur Hasanov, Paxtakorda Igor Sergeev, Nasafda Artur Gevorkyan, Qizilqumda Bahriddin Vahobovlar ajoyib o'yin namoyish etishdi. Ularni ligamizdagi eng kuchli futbolchilar sifatida aytish mumkin.



- Murabbiylar borasida-chi?

- SHubhasiz, Ro'ziqul Berdiev katta yutuqlarga erishmoqda. Uning Nasafdagi ishi maqtovga arzigulik. Yil murabbiyi bo'lishga loyiq mutaxassis.

- Joriy mavsumda qaysi jamoa sizni ijobiy tomondan hayratlantira oldi?

- Neftchi klubi. Farg'ona jamoasi yana o'z mavqeini tiklayotganligidan xursandman. Ulardan ko'pchilik bunday yaxshi natijalarni kutmay qo'ygandi. So'nggi o'yinlarni aytmaganda, Neftchi mavsum kashfiyoti bo'ldi.

- Dinamodagi faoliyatingiz omadli kechayotganligini inobatga olib jamoada qolish taklif etilsa qanday qaraysiz?

- Avvalo jamoani Oliy Ligada olib qolish vazifasini bajarishimiz kerak. Keyin bu masalalarga to'xtalsa bo'ladi. Umuman olganda, ikkinchi poytaxt maqomiga ega shaharning Oliy Ligada munosib jamoasi bo'lishi kerak. Agar Samarqandda ham barqaror jamoa tashkil etilsa, har qanday kuchli futbolchi bu erda to'p surishga rozi bo'ladi. Misol uchun boshqa klublardagi samarqandlik futbolchilar Bunyodkordan himoyachi Anvar G'ofurov, Nasafdan yarimhimoyachilar Erkin Boydullaev, Farrux Sayfiev, Lokomotivdan Salim Mustafoev, Olmaliqdan Zohir Pirimov, terma jamoalarda to'p surgan Bahodir Nasimovlar taklif etilsa va hozirgi tarkib saqlansa Dinamo juda kuchli jamoaga aylanadi. Keyingi yil klub oldiga muayyan vazifa qo'yilsa, jon deb jamoada qolaman. CHunki, Dinamoning Samarqandga mos jamoa bo'lishi vaqti etib kelgan.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика