So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Kamoliddin Kenjaevga yordam berish maqsadida o'tkazilayotgan xayriya tadbiri dasturi haqida Yangiliklar

Kamoliddin Kenjaevga yordam berish maqsadida o'tkazilayotgan xayriya tadbiri dasturi haqida

22 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida “Nasaf” jamoasining sobiq o'yinchisi – Kamoliddin Kenjaevni ham moddiy, ham manan qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan xayriya akciyasi doirasida katta tadbir o'tkaziladi.
Ushbu xayriya akciyasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha vakili – saytimiz mamuri Ziyodulla Safarovning bizga bergan malumotlariga ko'ra, hozirgi kunda ushbu tadbirga tayyorgarlik avjiga chiqqan.

Ushbu tadbir viloyat va shahar hokimiyati rahbarlari tomonidan ham maqullandi va bu xayriya tadbirini o'tkazishga yaqindan yordam berishmoqda.

SHunisi diqqatga sazovorki, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari va keng jamoatchilik hamda sahoavtpesha insonlar, bu xayriya tadbirida faol ishtirok etish istaklarini bildirishmoqda. Mana shunday paytda halqimizni naqadar bag'ri kengligi, sahovatpeshaligini ko'rib, beixtiyor ko'ngling mag'rurlikka to'ladi.
 SHu buyuk xalq vakili ekanlingdan ko'ngling tog'dek ko'tariladi kishining.

Mana shu bo'lajak xayriya tadbiri dasturi nimalardan iborat bo'ladi, hozir ana shu haqda malumot berib o'tishni maqul topdik.

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya tadbirining dasturi quyidagilardan iborat:
 Xayriya tadbirining o'tkazish joyi: Qarshi shahri, “Geolog” sport majmuasi

Xayriya tadbirining o'tkazish sanasi: 2014 yil 22 noyabr
 15:00da – Xayriya tadbirini ochilish marosimi, Qashqadaryo viloyat hokimining maruzasi.
 15:10da – Xonanda Alijon Isoqov boshchiligidagi sanatkorlarning koncert dasturi
 15:40da – “Nasaf” futbol maktabining 2005-2006 yillarda to'g'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol o'yini (10 daqiqadan ikki bo'lim, 5 daqiqalik tanaffus).
 16:05da – Koncert dasturining davomi
 16:15da – Kamoliddin Kenjaev do'stlari o'rtasida futbol shou uchrashuvi (20 daqiqadan, ikki bo'lim, 10 daqiqa tanaffus). Tanaffus paytida yana Alijon Isoqov koncert dasturini davom ettiradi.
 17:05da – Xayriya dasturini yakunlash marosimi.

Albatta, futbol ishqibozlarini 15:40da boshlanadigan futbol uchrashuvida kimlar maydonga tushishi qiziqtirishi tabiiy hol. SHuni inobatga olib, jamoalar tarkibi bilan oldindan tanishtirib o'tamiz.

“Nasaf – 2006” futbol jamoasi tarkibi:
 Darvozabonlar – Pyotr Gizimchuk, Dilmurod Toshmatov
 Himoyachilar – Davron Fayziev, Botir Qoraev
 Yarim himoyachilar – Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Nurali Sultonov, SHuhrat Toshpo'latov
 Hujumchilar – Konstantin Boev va Zafar Xolmurodovlar
 Murabbiylar: Norqul Daminov, Kamoliddin Kenjaev

“Qashqadaryo futbol yulduzlari” jamoasi tarkibi:
 Darvozabonlar – Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov
 Himoyachilar – SHohruh Gadoev, SHerzod Azamov, Otabek SHukurov
 Yarim himoyachilar – Farrux Sayfiev, SHuhrat Muhammadiev, Zohir Qo'ziboev
 Hujumchilar – Kenja To'raev, Zafar Polvonov
 Murabbiy: Zoir To'raqulov

Jamoalar tarkibida o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin, chunki yuqorida nomi tilga olingan futbolchilardan tashqari tadbirda ishtirok etish istagini bildiradigan insonlar kundan-kunga ko'payib bormoqda.

Ushbu xayriya tadbiri barcha qiziquvchilar uchun ochiq hisoblanadi, yani xayriya tadbirida har kim ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishi mumkin.

So'zimiz oxirida yana bir marta xayriya tadbiri uchun ochilgan maxsus hisob raqamini eslatib o'tmoqchimiz:

Hisob raqam: 20206000100000194000
 Bank kodi: 00194
 Bank nomi: DAT Asaka bank Qashqadaryo filiali

Murojaat uchun telefonlar: +99895-505-11-17, +99890-988-67-55


“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya tadbiri
 tashkiliy guruhi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика