So’nggi yangiliklar

00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  0 23:43"Челси" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  7 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:45"Астон Вилла" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  8

Kamoliddin hammasi uchun xursand bo'ldi! Yangiliklar

Kamoliddin hammasi uchun xursand bo'ldi!

Bir necha bor yozib o'tganimizdek, 22 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasi zalida Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddinga yordam beramiz!” xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.
Bizga malum bo'lishicha, “Nasaf” futbol klubi mana bir necha yildirki Kenjaevdan o'z yordamini ayamay kelmoqda. Lekin uni qo'llab-quvvatlash maqsadida katta xayriya tadbir hali o'tkazilmagandi.

Xayriya tadbirini o'tkazish uchun ancha ish olib borildi. Tadbirning bosh tashabbuskori Nodirxo'ja Yuldashev hamda Qashqadaryodagi faol vakilimiz Ziyodulla aka Safarovning elib-yugurishi natijasida nihoyat anchadan beri rejalashtirib qo'yilgan tadbir o'tkazib olindi. Xayriya tadbirining boshlanish vaqti soat 15:00ga belgilab qo'yilgani uchun shu kuni tong saharda Qashqadaryo qaydasan deya yo'lga tushdik. Yl yurib, yo'l yursak ham mo'l yurib, nihoyat tushga yangi viloyat markazi Qarshiga etib keldik.



Bizni bu erda Ziyodulla aka Safarov bilan “Nasaf” matbuot kotibi Aziz Nuriy kutib oldi. Futbol shousi boshlanishiga borgan sari kam vaqt qolayotgandi, shu bois tezda tushlik qilib “Geolog” sport majmuasi tomon yo'l oldik. “Nasaf” futbol klubining ham tadbirga bosh-qosh bo'lishi natijasida zal allaqachon tayyorlab qo'yilgan, muxlislar oqimi kela boshlagandi.

Zalga kirib yuqoriga ko'tarilganimizda taniqli futbol sharhlovchisi, “Ro'ziqul Berdiev to'pni oshirdi, lekin kimga?”, “Balli, Zafar!”, “Vali Keldievning zarbasi...” kabi o'ziga xos terminlari bilan muxlislar yodida qolgan Husan aka Temirov bizni kutib oldilar. U kishining yonida Qashqadaryo viloyat hokimining maslahatchisi Mamatqul Rajabov ham bor edi. Oradan sal o'tib tadbirga taklif etilgan mehmonlar, “Nasaf” klubi rahbariyati, “SHo'rtan” jamoasi vakillari, shuningdek muxlislar kela boshlashdi va zalning ishqibozlar o'tiradigan asosiy qismi to'ldi hisob.

Eshikdan kiraverishga ko'ngildan chiqarib berish uchun ikkita xayriya qutisi qo'yildi va tadbtir oxirida ehsondan yig'ilgan pullar to'liq Kamoliddinga berildi. Futbol shouni otaxon sharhlovchi Husan Temirov olib bordi. Dastlab hokim maslahatchisi Mamatqul Rajabov so'zga chiqib bunday tadbir o'tkazilayotganidan hokimiyat vakillari judayam mamnun ekanligini bildirdi: “Kamoliddin Kenjaev butun Qashqadaryo faxri, agar avtofalokatga uchramaganida undan kelajakda ajoyib futbolchi chiqqan bo'lardi, ammo bu taqdir. Mening taklifim, bu kabi tadbirlarni butun viloyatimiz tumanlarida o'tkazish kerak, buni hokimiyat ham qo'llab-quvvatlaydi”.



Tadbirda qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqovning ham ishtirok etishi muxlislarga juda yoqdi. SHundan so'ng “Nasaf” futbol maktabining 2005-2006 yillarda tug'ilgan guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida mini futbol musobaqasi o'tkazildi. Bunda har taymi 10 daqiqalik futbol o'ynaldi va “oqlar” 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Zalga yig'ilganlarga “oqlar” safida to'p tegan Ro'ziqul Berdievning o'g'li Zafarjonning o'yini maqul keldi. Alijon Isqov vatan, futbol mavzusidagi qo'shiqlari bilan chiqish qilgach, navbat haqiqiy futbol shousiga etib keldi.

Zalga o'z vaqtida Kamoliddin Kenjaev bilan to'p tepgan “Nasaf-2006” jamoasi hamda bugungi kunda oliy ligada o'ynayotgan “Qashqadaryo yulduzlari” jamoasi taklif etildi. “Nasaf-2006” safida Pyotr Gizimchuk, Davron Fayziev, Botir Qoraev, Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Nurali Sultonov, Bahrom Haydarov, SHuhrat Toshpo'latov, Konstantin Boev, Zafar Xolmurodov singari futbolchilar harakat qilishdi. Jamoa bosh murabbiyi: Norqul Daminov, yordamchi murabbiy: Kamoliddin Kenjaev.

“Qashqadaryo yulduzlari” tarkibidan Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, SHohrux Gadoev, SHerzod Azamov, Otabek SHukurov, Farrux Sayfiev, SHuhrat Muhammadiev, Zohir Qo'ziboev, Kenja To'raev, Zafar Polvonov kabi oliy liga futbolchilari o'rin olishdi. Bu jamoaga Zoir To'raqulov murabbiylik qildi. Har taymi 20 daqiqadan iborat shou-uchrashuvni Konstantin Smirnov, SHuhrat Egamberdiev, Firdavs Norsafarov va Komil Rasulov boshqarib borishdi.



O'yinda 6:6 hisobi qayd etildi, avvaliga futbolchilar ancha kuchli ko'ringandi, biroq murabbiylar tezda o'zlariga kelib o'yinning qolgan qismida (ayniqsa ikkinchi taymda) ustunlikni qo'lga olishdi. Bahsda durang qayd etilgach, navbat penaltilar seriyasiga keldi va bunda “Nasaf-2006” 4:3 hisobida zafar quchdi. Darvoqe, o'yindagi har bir vaziyatni Husan Temirov mikrofon orqali sharhlab bordilar.

“Nasaf – 2006” - “Qashqadaryo yulduzlari” 6:6 (Pen. 4:3)

Gollar:
SHuhrat Muhammadiev - 0:1, Zafar Polvonov - 0:2, Farrux Sayfiev - 0:3, SHuhrat Toshpo'latov - 1:3, Dilshod Mavlonov - 2:3, Zafar Xolmurodov - 3:3, Ro'ziqul Berdiev - 4:3, Vali Keldiev - 5:3, SHerzod Azamov - 5:4, SHerzod Azamov - 5:5, Zafar Polvonov - 5:6, Nurali Sultonov - 6:6.

Penaltilar seriyasi:  Zafar Polvonov - darvozabon, Bahrom Haydarov - darvozabon, Sanjar Quvvatov - gol, Pyotr Gizimchuk - gol, SHerzod Azamov - gol, Ro'ziqul Berdiev - gol, Farrux Sayfiev - gol, Dilshod Mavlonov - gol, SHohruh Gadoev - darvozabon, Vali Keldiev - gol.



Kamoliddin KENJAEV: “HAMMASI UCHUN MINNATDORMAN”
Eng muhimi, ushbu tadbirdan Kamoliddin Kenjaevning o'zi behad xursand bo'ldi. U qayta-qayta yig'ilganlarga, xayriya akciyasida ishtirok etganlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Biz esa o'z navbatida undan va boshqalardan fikr olishga oshiqdik.

-   To'g'risini aytsam, tadbir bunchalik zo'r o'tishini kutmagandim, meni qo'llab-quvvatlash maqsadida ko'pchilik keldi va bundan judayam xursandman. Zalga kirib kelganimda muxlislarni, o'zim bilan birga oldin futbol o'ynaganlarni ko'rib ochig'i hayajonlanib ketdim. SHu o'rinda tadbir tashkilotchilariga, ayniqsa championat.asia sayti rahbari Nodirxo'ja Yuldashevga, shuningdek “Nasaf” futbol klubiga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Nodirxo'jaga alohida katta rahmat, chunki u elib yugurmanida bu tadbir o'tkazilmay qolib ketishi mumkin edi. Insonni yaxshi va yomon kunlarida yolg'iz tashlab qo'ymaslik, o'zbeklarga xos odat. SHu bois men tadbir qachondir albatta o'tkazilishini va unda meni unutib qo'ymagan insonlar ishtirok etishini sezgandim.

-   SHou-o'yinda kimga muxlislik qildingiz?
-   Albatta, o'zim bilan oldin birga o'ynagan futbolchilarga. Ularning harakatini ko'rib o'sha davrlarni esladim, ko'zimga yosh keldi, sog'inch hissi kuchli bo'lar ekan.

-   Keyinchalik bolalar futbolida murabbiy bo'lib ishlashingiz haqida eshitdik.
-   Ha, shunday niyatim bor. Futbol o'ynab orttirgan tajribamni bolalar bilan o'rtoqlashmoqchiman. Nasib qilsa, bu niyatim kelasi yil amalga oshadi.

-   Xayriya akciyasining ikkinchi qismi 29 noyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi. O'zingiz ham borasizmi?
-   Nasib qilsa, Toshkentdagi tadbirga ham bormoqchiman. O'z vaqtida milliy terma jamoada men bilan to'p tepgan do'stlar bilan diydor ko'rishmoqchiman. Menga mamlakatimizning turli joylaridan qo'ng'iroq qilib, sizni Toshkentda kutyapmiz, keling deyishyapti. SHunday ekan, albatta borishga harakat qilaman.



Gulzoda RAHMATOVA: “TADBIR BUNCHALIK YAXSHI O'TADI DEB O'YLAMAGANDIM”

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz!” xayriya akciya tadbirida Yakkabog'dan Kamoliddinning oila azolari ham kelishdi. Biz esa fursatdan foydalanib, Kenjaevning turmush o'rtog'i Rahmatova Gulzodani ham suhbatga tortdik.

-   Bizlarga shunday izzat-ikrom ko'rsatib tadbir o'tkazib berishgani uchun hammaga katta rahmat aytmoqchiman. Bu tadbirni ko'rish uchun ko'pchilik bo'lib keldik. Hammamiz xursandmiz. SHu paytgacha bizni tashlab qo'ymagani uchun “Nasaf” futbol jamoasiga ham rahmat aytmoqchiman. Bizga “Nasaf” tomonidan doim yordam berib kelinmoqda.

-   Kamoliddin kelajakda bolalar murabbiyi bo'lib ishlamoqchi? Bunga qanday qaraysiz?
-   Biz u kishi bilan tez-tez futbol haqida gaplashib turamiz. Agar sog'ayib ketsam, yana futbolga qaytib, shu sohada ishlamoqchiman deydilar. Nasib qilsa, murabbiy bo'lib ishlasalar kerak.

-   Yil boshida uyingizga borganimizda ham xayriya akciyasi o'tkazish to'g'risida gap bo'lgandi. SHunchalik bo'lishini kutganmidingiz?

-   To'g'risini aytsam, tadbir o'tkazilmay qolib ketsa kerak deb o'ylagandim. CHunki o'shandan beri ancha vaqt o'tdi va bu haqda bizga hech kim gapirmayotgandi. Lekin mana hozir shu tadbir tashkil etildi va biz Yakkabog'dan kelib hayron qoldik. Negaki juda chiroyli o'tdi. To'g'risini aytsam, bunchalik zo'r bo'ladi deb o'ylamagandim.

 
Xayrulla Xoliqov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика