Kamo Gazarov yana "Dinamo"da ish boshladi
30 jan 2014 06:25
Yangiliklar


Kamo Gazarov yana "Dinamo"da ish boshladi
Samarqandning "Dinamo" jamoasi murabbiylar shtabiga yana bittaga ko'paydi.
O'tgan mavsumda "Dinamo" jamoasining bosh murabbiyi bo'lib ish olib borgan va ettita turda g'alaba qozona olmagandan so'ng klubni tark etgan Kamo Gazarov yana klubda ish boshladi. Xabaringiz bo'lsa kerak o'tgan yilning ikkinchi davrasida "Buxoro" jamoasida Tachmurad Agamurodovga yordamchi murabbiy bo'lib kumaklashgan edi. Ayni vaqtda yana jamoaga qaytdi va endi Ravshan Haydarovga yordamchi murabbiy vazifasini bajaradi.
Eslatib o'tamiz "Dinamo" murabbiylar shtabini o'tgan oyda Vladimir Andreev tark etgan edi va joyni endi mahalliy murabbiy bilan to'ldirdi.
Eslatib o'tamiz "Dinamo" murabbiylar shtabini o'tgan oyda Vladimir Andreev tark etgan edi va joyni endi mahalliy murabbiy bilan to'ldirdi.

Fikrlar