Kamavinga: "Odamlar bizni musobaqadan chiqib ketadi deb o'ylashdi"
13 apr 2022 23:09
Yangiliklar
Kamavinga: "Odamlar bizni musobaqadan chiqib ketadi deb o'ylashdi"
Eduardo Kamavinga "Real"ning CHempionlar ligasi yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.
Ispaniya klubi 1/4 final javob o'yinida "CHelsi"ga imkoniyatni boy berdi (2:3), ammo umumiy hisob bo'yicha keyingi bosqichga yo'l oldi (5:4).
"O'yin yakunigacha qo'rquv bor edi, bir nechta gol o'tkazib yubordik, lekin eng muhimi, ularga javob qaytara oldik.
Biz bu vazifani uddalaganimizdan va yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz.
Bu mo'jiza emas, chunki PSJga qarshi o'yinda ham xuddi shunday qilganmiz. Odamlar bizni turnirdan chiqib ketadi deb o'ylashgandi, lekin biz iroda ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik. Hammasi yaxshi yakunlanganidan xursandmiz", - dedi Madrid klubi yarim himoyachisi.
Fikrlar