Kamavinga "Man Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Futbolchining jarohati jiddiy emas
14 may 2023 19:26
Yangiliklar
Kamavinga "Man Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Futbolchining jarohati jiddiy emas
Futbolchining tibbiy tekshiruvi yaxshi natijalarni ko'rsatdi.
"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Manchester Siti"ga qarshi ECHL yarim final javob uchrashuvida maydonga tushadi. Futbolchining kecha "Xetafe"ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati unchlik ham jiddiy bo'lib chiqmadi. Kamavinga 84-daqiqada almashtirilgandi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasi Kamavinganing tizzasidagi bog'lamlar engil lat eganini ko'rsatdi. Bu esa futbolchiga ECHL yarim finalida maydonga tushishga imkon beradi.
Malumot uchun, 17 may kuni "Manchester Siti" o'z uyida "Real Madrid"ni qabul qiladi. Tomonlarning dastlabki to'qnashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi.
Fikrlar